Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2019-yil 22-oktabr kuni o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Go‘sht
Unga ko‘ra, 1 kg mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtdan tashqari) eng past narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da qayd etilgan (35 000 so‘m). Mol go‘shtining eng yuqori narxlari esa Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (57 000 so‘m).
Shuningdek, qo‘y go‘shtining narxi 36 000 so‘mdan 61 000 so‘mgachani tashkil etgan. Uning minimal narxi esa Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da 36 000 so‘mdan ro‘yxatga olingan.
Maksimal narxlari esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (61 000 so`mdan) kuzatildi.
Sabzi
Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra Andijon shahrining “Yangi bozor dehqon bozori” va “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Farg‘ona shahrining “Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori”da (1 000 so‘mdan) qayd etilgan.
Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da 5 000 so‘mdan kuzatildi.
Tuxum
Tuxum mahsuloti kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining “Qo’yliq dehqon bozori”da kuzatildi (5 000 so‘m).
Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da qayd etilgan (10 000 so‘m).
Guruch
Guruch mahsulotlari, kuzatuv natijalariga asosan, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da 4 000 so`mdan, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi eng yuqori 18 000 so`mni tashkil qilmoqda.
O‘simlik yog‘i
O‘simlik yog‘i mahsulotarining minimal narxi Samarqand shahri “Siyob dehqon bozori", Guliston shahri “Guliston dehqon bozori”, Urganch shahri “Urganch markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahri “Farhod dehqon bozori” va “Qo֥‘yliq dehqon bozori”da 9 000 so‘mdan kuzatildi.
Maksimal narxi esa Buxoro shahrining “Buxoro markaziy dehqon bozori” hamda Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da 13 500 so‘mdan kuzatildi.
Ma’lumot o‘rnida, o‘simlik yog‘ining narxi o‘tgan galgi kuzatuv natijalariga taqqoslaganda oshganligi, guruch, tuxum, sabzi kabi mahsulotlarning narxlari esa tushganligi kuzatildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!