$
11809.82 UZS
-29.77
140.68 UZS
0.26
13569.48 UZS
0.13
31° Kechasi 18°

Toshkentning 12 ta qadimiy darvozasi qayta tiklanadi va turizm obyektiga aylantiriladi

09:26 / 19.10.2021

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev “Toshkent shahrining 12 ta qadimiy darvozasini tiklash va uning joylashgan koordinatalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. 

Qaror matnida keltirilishicha, hokimlik qoshidagi “Raqamli rivojlanish departamenti” MChJ tomonidan arxiv xaritalarini zamonaviy xaritalarga bog‘lash orqali aniqlangan Toshkent shahrining 12 ta qadimiy darvozalarining koordinatalari tasdiqlangan. 

Shuningdek, qadimiy darvozalarni tiklash va qurish bo‘yicha Toshkent shahar ishchi guruhi tarkibi tasdilandi hamda ularning asosiy vazifalari belgilandi.

Unga ko‘ra, ishchi guruh:
–  uch oy muddatda qadimiy darvozalarning namunaviy loyihalari ishlab chiqiladi;  
–  qadimiy darvozalarni qayta tiklash uchun tasdiqlangan koordinatalarga muvofiq, yaqin bo‘lgan hududlardan yer maydonlari chegeralarini aniqlash va ajratish (obodonlashtirish va turizm infratuzilmalari yaratilishini inobatga olgan holda) yuzasidan takliflar kiritiladi. Bunda hududlardagi bino va yer osti kommunikatsiyalarni ko‘chirish zaruriyati mavjudligini hisobga olinadi;
–  yer maydonlarini tanlashda qadimiy darvozalarni turizm namoyishi obyektlariga kiritish va turistlarni jalb qilish uchun tegishli infrastrukturani joylashtirishni inobatga olinadi;
–  namunaviy loyihalarda tashrif buyuruvchilar uchun darvozalar ko‘rinishiga mos ravishda soyabonlar, o‘rindiqlar va chiqindi tashlash qutilarini o‘rnatish nazarda tutiladi.

Qadimiy darvozalarni qayta tiklash va qurish bo‘yicha buyurtmachi etib – Toshkent shahar hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi belgilanmoqda.

Bosh loyihachi va bosh pudrat tashkilotlari esa qonunchilikda belgilangan tartibda tender (tanlov) o‘tkazish yo‘li bilan aniqlanadi.

Qadimiy darvozalarini qurish ishlarini moliyalashtirish manbalari Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashida ko‘rib chiqiladi.


Bu ham qiziq

Google Irlandiyada 403 mln yevro jarimaga tortildi

Google Irlandiyada 403 mln yevro jarimaga tortildi

Google kompaniyasi va Irlandiyaning Ma’lumotlarni himoya qilish komissiyasi (DPC) o‘rtasidagi olti yillik nizo kompaniyaga 4…
10:04 / 22.09.2026
CNN, Politico va MS NOW Tramp administratsiyasini sudga berdi

CNN, Politico va MS NOW Tramp administratsiyasini sudga berdi

AQShning CNN, Politico va MS NOW nashrlari jurnalistlarining Oq uyga kirishi cheklangani ortidan Prezident Donald Tramp va u…
10:16 / 22.09.2026
Toshkent shahar soliq boshqarmasi sobiq boshlig‘iga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent shahar soliq boshqarmasi sobiq boshlig‘iga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent shahar soliq boshqarmasining sobiq boshlig‘i Yunusjon Nasimjonovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish sudga os…
15:58 / 21.09.2026
Urganchda pensiyani oshirib berishni va’da qilgan hokim yordamchisi ushlandi

Urganchda pensiyani oshirib berishni va’da qilgan hokim yordamchisi ushlandi

Urganch shahrida fuqaroning turmush o‘rtog‘i pensiyasini oshirib berishni va’da qilgan hokim yordamchisi ushlandi. Bu haqda …
14:13 / 18.09.2026
Erkak Vengriya bosh vazirining yuziga sharob sepdi

Erkak Vengriya bosh vazirining yuziga sharob sepdi

Vengriya bosh vaziri Peter Madyar Seksard shahrida o‘tkazilgan vino festivalida ovqat olish uchun navbatda turganida bir erk…
10:22 / 22.09.2026
Berlin saylovida Elif Eralp yetakchiligidagi So‘l partiyasi g‘alaba qozondi

Berlin saylovida Elif Eralp yetakchiligidagi So‘l partiyasi g‘alaba qozondi

Germaniya poytaxti Berlinda 20-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan shtat saylovida Elif Eralp yetakchiligidagi So‘l partiyasi eng ko‘…
10:33 / 21.09.2026
O‘zbekistonda hindistonlik va bangladeshliklarni talabalikka qabul qilmaslik haqida ko‘rsatma berilgani rad etildi

O‘zbekistonda hindistonlik va bangladeshliklarni talabalikka qabul qilmaslik haqida ko‘rsatma berilgani rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga H…
09:47 / 22.09.2026
Markaziy Osiyodagi muzliklar yo‘qolib bormoqda — tadqiqot

Markaziy Osiyodagi muzliklar yo‘qolib bormoqda — tadqiqot

Markaziy Osiyoda suv zaxiralari va tog‘ muzliklari massasi kamayib bormoqda. Tadqiqotlarga ko‘ra, mintaqadagi muzliklar to‘p…
12:13 / 20.09.2026
YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan voyaga yetmaganga nega 2 yil 4 oy jazo berilgani izohlandi

YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan voyaga yetmaganga nega 2 yil 4 oy jazo berilgani izohlandi

Toshkentda BMW avtomobilida YPX inspektorini urib yuborib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan voyaga yetmagan D.T.ga 2 yil 4 oy mu…
09:51 / 21.09.2026
“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Pedagoglar o‘rtasida Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining g‘oliblari aniqlandi.
10:22 / 20.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!