$
12114.97 UZS
40.69
162.07 UZS
1.21
14260.53 UZS
41.86
31° Kechasi 18°

Toshkent shahri bo‘yicha isitish tizimi muammolari haqida ma’lumot berildi

13:45 / 15.10.2019

Toshkent shahar hokimligi nima sababdan issiqlik ta’minoti stansiyalari shaharning barcha aholisiga bir xil sifatdagi xizmat ko‘rsata olmasligini ma’lum qildi. 

Bugungi kunda poytaxtdagi 11 ming 141 ta bino markaziy isitish tizimiga ulangan. Bu obyektlarni bahorgi va kuzgi mavsumlarda isitish uchun yiliga 10,68 million gigakaloriya issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi va buning uchun bir trillion so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanadi. Ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasining faqat 59 foizi iste’molchilarga yetib boradi. 

Nosozliklar hamda qurilmalarning ishdan chiqqanligi sababli 414,2 milliard so‘m miqdoridagi xarajat sarf bo‘ladi.Tarmoqda bir necha yildan buyon texnologik yangilash ishlari olib borilmaganligi sababli daromadlarning 85 foizi yoqilg‘i-energetika sarflariga ketadi.

“Toshissiqlikquvvati” DUK mutaxassisining so‘zlariga ko‘ra, poytaxtning markazlashgan isitish tizimi 1970—1980-yillarda qurilgan va o‘shandan buyon yangilanmagan. Shu sababli issiqlikning ma’lum qismi iste’molchiga yetib bormaydi.

Kompaniya bosh muhandisi Aziz Karimbekovning aytishicha, bugungi kunda issiqlik tarmoqlarining 2,7 ming kilometridan 1,9 ming kilometri belgilangan me’yorlardan oshgan vaqt davomida ishlamoqda. Bundan tashqari, ma’nan eskirgan 10 ta katta va 203 ta kichik qozonxona mavjud. Energiya resurslari sarfi va boshqa sabablar tufayli qarzlar mavjud.

Shuningdek, hokimlik yopiq isitish tizimi qanday ishlashi haqida ham ma’lumot berdi. Xususan, issiqlik almashuv qurilmalari har bir uyning yerto‘lasida o‘rnatiladi. Issiqlik markazidan yetkazib beriladigan issiq suvning ma’lum miqdori issiqlik almashuv qurilmasidagi sovuq suvni kerakli haroratgacha isitadi va iste’molchiga yetkazib beradi.
Mutaxassislarning fikricha, bu tizimning ustunligi shundaki, ishlab chiqarilgan issiqlikdan sirkulyatsiya usuli bilan qayta foydalanish mumkin, uning amalda joriy qilinishi esa tabiiy resurslarni o‘rtacha 30 foiz tejashga imkon beradi.

Aziz Karimbekovning ma’lum qilishicha, Jahon banki dasturi asosida Sergeli tumanida ishlar olib borilmoqda. Noyabr oyida dastlabki tenderlar o‘tkaziladi. 2020-yildan boshlab yopiq isitish tizimini joriy qilish boshlanadi. Mirobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida amalga kiritilishi rejalashtirilayotgan tizim Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Bank birinchi va oltinchi issiqlik markazlarini rekonstruksiya qilish uchun 150 million dollar ajratadi. Jahon banki Sergeli tumani uchun 54 million dollar ajratadi.

Poytaxtda yopiq issiqlik tizimini yaratish bo‘yicha sinov loyihasi boshlangan.

Kompaniya bosh muhandisining so‘zlariga ko‘ra, ko‘p qavatli uylarda individual issiqlik punktlari ham o‘rnatiladi. Kelayotgan issiq suv kvartiraga kirib, issiqlik beradi, kvartiradan chiqadi va sirkulyatsion usulda qaytib keladi. Har bir ko‘p qavatli uyda ana shunday sirkulyatsion tizimni ta’minlaydigan nasos stansiyasi o‘rnatiladi. Bu nasos stansiyalari kvartira ichidagi issiq suvni to‘liq aylantiradi va yashovchilarga issiqlikni belgilangan me’yorlar darajasida yetkazib beradi.

Ma’lum bo‘lishicha, noyabr oyida Toshkentda issiqlik energiyasini yopiq tizimga o‘tkazish bo‘yicha ham tender bo‘ladi. Loyiha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Shuningdek, Toshkentning issiqlik ta’minoti tizimini uzoq muddatli ijara shartlarida boshqaruvga berish masalalari bo‘yicha fransuz kompaniyasi bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Hokimligi tomonidan qayd etilishicha, bu masalada O‘zbekiston tomoni aholi manfaatlariga mos keladigan qulay hamkorlikka erishishni xohlamoqda.


Bu ham qiziq

Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida …
17:37 / 07.05.2026
Bugun barcha xodimlar 1 soat erta ketishlari mumkin

Bugun barcha xodimlar 1 soat erta ketishlari mumkin

Mehnat kodeksiga binoan, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida…
10:02 / 08.05.2026
O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik kodeksi yangilanadi

O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik kodeksi yangilanadi

O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yangi tahrirda ishlab chiqiladi.
09:41 / 10.05.2026
O‘zbekiston MTJga yangi murabbiy qo‘shildi

O‘zbekiston MTJga yangi murabbiy qo‘shildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabiga yangi mutaxassis qo‘shildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyas…
17:29 / 07.05.2026
Tramp Xitoyga boradi

Tramp Xitoyga boradi

AQSh prezidenti Donald Tramp 13-15-may kunlari davlat tashrifi bilan Xitoyga boradi
09:34 / 11.05.2026
Saida Mirziyoyeva Ikkinchi jahon urushi xotirasi haqida fikr bildirdi

Saida Mirziyoyeva Ikkinchi jahon urushi xotirasi haqida fikr bildirdi

Xotira va qadrlash kunida biz tariximizning eng fojiali, shu bilan birga qahramonona sahifalaridan birini yodga olamiz.
13:23 / 09.05.2026
Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Bundan tashqari, LPR ta’lim va fan vazirining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Shevchenkoga nisbatan sanksiyalar qo‘llanildi.
14:48 / 11.05.2026
O‘zbekistonda soliq tushumlari 24 foizga oshdi

O‘zbekistonda soliq tushumlari 24 foizga oshdi

O‘zbekistonda 2026-yilning birinchi choragida soliq tushumlari 63,6 trillion so‘mni tashkil etdi.
12:42 / 10.05.2026
Toshkentda kuchli yomg‘irdan keyin daryoda qolib ketgan baliqchi qutqarildi

Toshkentda kuchli yomg‘irdan keyin daryoda qolib ketgan baliqchi qutqarildi

Toshkent shahar FVBB qutqaruvchilari tomonidan fuqaroning hayoti saqlab qolindi.
09:16 / 11.05.2026
Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi

Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi

Qadrli vatandoshlar! Siz, azizlarni, koʻp millatli butun xalqimizni qutlugʻ ayyom – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinch…
11:59 / 09.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!