Qizlar uchun gullar, bezaklar va shu kabi boshqa yoqimli narsalar...
1. Pompon guldastasi
Hech qachon so‘limaydigan ajoyib guldasta.
Nima kerak?
To‘qishga mo‘ljallangan oq, qizil va pushti iplar;
qaychi;
bir nechta nozik shoxchalar;
oq aerozol bo‘yog‘i;
yelim to‘pponchasi;
yashil fetr (kigizsimon qalin mato);
oq krujevali tasma;
pushti tasma;
arqoncha.
Qanday yasaladi?
Uch barmog‘ingizni birlashtirib, uning atrofiga rangli iplarning har biridan 50-75 marta aylantirib o‘rang. Pomponlarning hajmi har xil bo‘lishini istasangiz, 2 barmoq yoki 4 barmoq atrofida ham o‘rashingiz mumkin. O‘ramlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, gullar shunchalik chiroyli chiqadi. O‘rashni tugatgandan keyin, ipni uzib, yana 20 santimetr uzunlikda ip kesib oling. O‘sha 20 santimetrlik ipni barmoqlaringiz orasidan o‘tkazib, o‘ramni suratda ko‘rsatilgandek qilib bog‘lang.
Undan keyin pomponni qo‘lingizdan ehtiyot bo‘lib chiqarib oling va bog‘lamni qattiqroq qilib tugib qo‘ying. O‘ramning yonboshlarini chiroyli qilib kesib chiqing.
Pomponni silkitib, zo‘ldir (shar) shakliga keltiring, ortiqcha iplarni kesib tashlab, tekis yuza hosil qiling. Xuddi shu tarzda bir necha pompon yasab oling.
Shoxchalarni oq rangga bo‘yang va quritib oling. Keyin uchlariga pomponlarni yelimlang.
Fetrdan har bir gul uchun 2 tadan yaproqcha kesib oling. Yaproqchalarni shoxchalarga mustahkamlang.
Tasma va arqonlardan zarur miqdorda kesib olib, hosil bo‘lgan gullardan guldasta yasang.
2. Oq shokoladdan tryufel
Shirinlikni yoqtiruvchi qizaloqlar uchun ajoyib sovg‘a. Tryufellarni chiroyli qutichalarga joylashni unutmang.
Nima kerak?
220 g. oq shokolad;
70 g. saryog‘;
Ko‘pirtirish uchun 3 oshqoshiq qaymoq;
Bir chimdim tuz;
vanilin – bir chimdim;
60 g. shakar upasi.
Qanday tayyorlanadi?
170 g. shokoladni maydalang, ustiga saryog‘, qaymoq, tuz va vanilin qo‘shib, mikroto‘lqinli pechga 1-2 daqiqaga qo‘yib oling. Har 30 soniyada to‘xtatib, aralashtirib turish esingizdan chiqmasin. Mikroto‘lqinli pechdan olganingizdan keyin shirinlikni bir xil ko‘rinishga kelgunicha yaxshilab aralashtiring. Agar zarurat bo‘lsa, qizdirib olishingiz ham mumkin.
Aralashmani qotirish uchun folga bilan yopib, 2 soatga muzlatkichga qo‘ying.
Undan keyin choyqoshig‘i yordamida kichik zo‘ldirchalar yasab oling. Shakar upasi sepgan holda kaftda dumalatib, shaklini tekislang. Zo‘ldirchalarni pergament to‘shalgan taqsimchaga terib, yana kamida 2 soatga muzlatkichga joylang.
Qolgan shokoladni maydalang, mikroto‘lqinli pechda eritib oling va bir xil aralashma holiga kelgunicha yaxshilab aralashtiring. Muzlatkichda qotgan shirinlikni sanchqi yordamida ana shu aralashmaga bo‘ktirib oling. Hosil bo‘lgan tryufelning qobig‘i qotguniga qadar unga kokos kukunini seping.
Tryufelni yana pergament ustiga teringda, qaytadan muzlatkichga qo‘ying. 10-15 daqiqa qo‘yilsa, kifoya qiladi.
3. Rasmli choy paketchalari
Choy – juda yaxshi sovg‘a, agar uni fotolar bilan bezatilsa, uzoq muddat eslab yuriluvchi ajoyib sovg‘aga aylanadi.
Nima kerak?
Qahvaga mo‘ljallangan oq qog‘oz filtrlar;
qaychi;
tikuv mashinasi;
sifatli, mayda chay;
fotoqog‘oz yoki nozik karton;
qalin oq ip;
nina;
stepler.
Qanday yasaladi?
Qahvaga mo‘ljallangan oq qog‘oz filtrdan uncha katta bo‘lmagan 2 ta teng to‘g‘ri to‘rtburchak kesib oling. Tikuv mashinasidan ularni uch tarafdan bir-biriga yopishtirib tiking. Chetidan bir necha millimetr qoldirib tikishni unutmang.
Hosil bo‘lgan paketchalarni choy bilan to‘ldiring va to‘rtinchi tarafini ham biriktirib tiking. Istasangiz paketchalarni dumaloq shaklda ham tayyorlashingiz mumkin. Xuddi shu tarzda bir necha paketcha yasab oling.
O‘zingiz yoqtirgan suratlarni tanlab oling va uni kompyuterning grafik dasturi yordamida bir xil o‘lchamga keltirib oling. Fotoqog‘ozga yoki kartonga nusxasini tushiring, kesib oling va nina yordamida teshikcha oching. 10-15 santimetrli bir necha ip kesib oling-da, o‘sha teshikchalar orqali suratlarni choyli paketlarga mustahkamlang.
Agar paketlaringiz to‘g‘riburchakli bo‘lsa, tepa qismini buklab, stepler yordamida mustahkamlash mumkin. Ana tayyor. Endi bu sovg‘a uchun chiroyli qutichalar tanlash qoldi, xolos.
4. Qog‘ozdan gullar
Qog‘oz gullardan guldasta yasang va uni tabriknomaga yelimlang yoki kichkinagina gultuvakka joylashtiring.
1. Lolalar.
Nima kerak?
1 varaqdan har ikki tarafi ham pushti, qizil yoki sariq bo‘lgan, 15x15 o‘lchamli qog‘oz.
1 varaq 15x15 o‘lchamli yashil qog‘oz.
Qanday yasaladi?
Qog‘ozdan lola yasash uchun batafsil ko‘rsatma:
2. Kallar.
Nima kerak?
Har ikki tarafi ham pushtirang bo‘lgan A4 formatli qog‘ozning ¼ qismi
qalam;
qaychi;
har ikki tarafi ham sariq bo‘lgan qog‘ozdan ozgina;
yelim;
nozik yog‘och cho‘p;
ozgina yashil qog‘oz.
Qanday yasaladi?
Bu videoda qog‘oz kall yasashning tez va oson usuli namoyish etilgan:
3. Tuvakdagi gul
Nima kerak?
Har ikki tarafi ham zarg‘aldoq rang qog‘ozdan kesib olingan 14 ta uzun nozik tasma;
Har ikki tarafi ham havorang qog‘ozdan kesib olingan 4 ta uzun nozik tasma;
Har ikki tarafi ham yashil qog‘ozdan kesib olingan 4 ta uzun nozik tasma;
Har ikki tarafi ham zangori qog‘ozdan kesib olingan 1 ta 30 × 2,5 sm. tasma;
yelim;
tish tozalagich;
qaychi;
chizg‘ich;
qalam;
yelimli to‘pponcha.
Qanday yasaladi?
Kvilling texnikasida gul tayyorlash ko‘rsatmasi:
5. Gullar uchun ko‘zacha
Bu ko‘zachaga sun’iy va qog‘oz gullar yoki tabiiy gullar solingan idishni joylash mumkin.
Qanday yasaladi
Yelimli tasmadan bo‘shagan halqalarning yonboshlarini yelimlab, bir-biriga yopishtiring.
Qog‘oz varaqlarini 6x6 o‘lchamli qilib kesing. Ulardan gul yasaladi. Ko‘zacha uchun 10-13 ta kvadrat yetarli bo‘ladi. Ularni diagonaliga buklab, yaproq chizing va kesib oling. Munchoqni qalam yordamida gulning markaziga yelimlang.
Undan keyin yashil qog‘ozdan yaproqchalar yasang. Adashib ketmaslik uchun, videoni kuzating. Videoda nima qilish kerakligi tartib bilan ko‘rsatilgan:
Kanop ipni halqadan yasalgan ko‘zacha atrofiga o‘rab chiqing. Iplarning oxirini yelimli to‘pponcha yordamiga mustahkamlab qo‘ying. Tagini oq kartonga qo‘yib, chizib oling. Chizich bo‘ylab kesib, doirani ko‘zachaning tagiga yopishtiring. Undan keyin ko‘zachani gullar va yaproqlar bilan bezab chiqish mumkin bo‘ladi.
6. Matodan bilakuzuk
Bezaklarni yoqtiruvchilar uchun o‘ta zamonaviy sovg‘a.
Nima kerak?
Uzunligi taxminan 15 santimetr bo‘lgan eni har xil o‘lchamdagi 8 ta trikotaj tasma;
bilakuzuk uchun keng qisqich;
Qanday yasaladi?
3 ta tasmani o‘rib chiqing. Uning o‘ng va chap taraflariga qolgan tasmalarni joylashtiring va oxirini qisqichga mustahkamlang. Darvoqe, trikotaj o‘rniga eski futbolka matosini ham ishlatsa bo‘ladi.
7. Sho‘r xamirdan taqinchoqlar
Nima kerak?
60 g. un;
60 g. tuz;
3-5 oshqoshiq suv;
qolip (qolip sifatida o‘yma naqshli narsalarni ishlatish mumkin);
kumushrang bo‘yoq;
suvda eruvchi qora bo‘yoq;
ozgina suv;
cho‘tka;
qog‘oz sochiq;
qora tasma.
Qanday yasaladi?
Tuz va suvdan qo‘lga yopishmaydigan qilib yumshoqroq xamir tayyorlanadi. 5-7 millimetr qalinlikda yoyilib, kerakli shakl, aytaylik, yurakcha, kapalak, gul kabi shakllar kesib olinadi. Xamirning qolgan qismini oziq plyonkasiga o‘rab, keyinchalik ishlatish uchun muzlatkichga olib qo‘yish mumkin.
Qolip yordamida taqinchoqqa naqsh tushirish mumkin. Yuqori qismidan tasma uchun ozgina teshik yasaladi. Keyin gaz patnisiga qo‘yib, 100 °C haroratda 1-1,5 soat mobaynida pishiriladi. Xamir to‘la qotib qolishi shart.
Pishgan taqinchoq sovutiladi va kumush rangga bo‘yaladi. Oddiy yoki aerozol bo‘yog‘idan ham foydalansa bo‘ladi. Bo‘yoq quriganidan keyin naqshlar ustidan qora bo‘yoq yuritib, sal o‘tgach, qog‘oz sochiq bilan artiladi. Bu taqinchoqqa o‘ziga xos joziba baxsh etadi.
Taqinchoqning teshigiga ushlagich o‘rnatib, undan keyin tasma o‘tkazilsa, ko‘zni o‘ynatadigan darajada chiroyli sovg‘a chiqadi.
8. To‘qilgan ziraklar
Biz ikki xilini taqdim etmoqchi bo‘lgan bunday ziraklar qizaloqlarni suyuntirishi aniq.
1. Par-ziraklar.
Nima kerak?
Bir bo‘lak karton;
qalam;
kontrast rangli ozgina fetr;
qaychi;
bolg‘a;
mayda mix;
tilla rangli 2 ta birlashtiruvchi halqa;
qisqich;
tilla rangli 2 ta kichik zanjir;
tilla rangli 2 ta ilgak;
munchoq – ixtiyoriy;
leska (qarmoq ipi) – ixtiyoriy.
Qanday yasaladi?
Kartonga zirakning andazasini chizib, uning yordamida rangli fetrdan 2 ta kesib oling. Kesib olingan shaklni bir-birining ustiga qo‘yib, ilgaklar uchun teshikcha oching. Qisqich yordamida halqalarni tekislab, teshiklarga joylashtiring. Unga zanjir va ilgakni mustahkamlang. Zanjir oxiriga leska yordamida munchoq o‘rnatish mumkin.
2. Toshli ziraklar
Nima kerak?
Rangli fetrdan ozgina;
qaychi;
xrustaldan tayyorlangan sun’iy tosh-straz;
yelimli to‘pponcha;
2 ta birlashtiruvchi halqa;
2 ta shvenz-mixcha.
Qanday yasaladi?
Fetrdan ikkita bir xil oval shakl kesib olinadi. Unga xrustaldan tayyorlangan sun’iy tosh-strazlardan naqsh yasab fetrga yelimlanadi.
Ziraklarning tepasidan kichik teshikcha ochiladi va unga birlashtiruvchi halqalar o‘rnatiladi. Halqalarga esa shvenz-mixchalar mustahkamlanadi. Agar shvenz-mixchalar topilmasa, chiroyli straz ishlatilsa ham bo‘ladi.
9. Soch uchun taroqlar
1. Oltin taroq.
Nima kerak?
qaychi;
tilla yaproqli tasma (do‘konlardan izlang);
soch uchun plastik yoki temir taroq;
leska;
nina;
qora, shaffof va tilla rang munchoqlar;
yelimli to‘pponcha.
Qanday yasaladi
Taroq uzunligiga moslab 2 ta tasma kesib olinadi. Leskani ninadan xuddi ip singari o‘tkazib, taroqning tishlari orqali tasma mustahkamlab olinadi. Ikkinchi tasma ham yaproqchalari ko‘rinadigan qilib shu tarzda mustahkamlanadi. Undan keyin munchoqlar bilan bezatiladi.
2. Toshli taroq
Nima kerak?
qaychi;
ozgina qora fetr;
soch uchun plastik yoki temir taroq;
rangli toshchalar, munchoqlar, strazlar;
yelimli to‘pponcha;
qora ip;
nina.
Qanday yasaladi?
Fetrdan istalgan shakl taroqdan biroz uzunroq qilib kesib olinadi. Unga toshlar chiroyli qilib terilib, yelimlanadi. Yelim quriganidan so‘ng, fetrning ortiqcha qismlari kesib tashlanadi.
Fetr taroqqa tishlar orasidan ip o‘tkazib mustahkamlanadi. Ishonchliroq bo‘lishi uchun detallar yelimlanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!