$
12165.24 UZS
-25.19
159.42 UZS
-2.67
14330.65 UZS
-32.11
31° Kechasi 18°

Kun tarixi: 1582-yili 4-oktabrdan keyin 15-oktabr kelgan. Nega?

12:56 / 15.10.2019

Yulian kalendaridagi 10 kunlik xatoni bartaraf etish maqsadida Rim papasi Grigoriy XIII 1582-yil 24-fevralda italiyalik doktor va matematik A.L.Lillio loyihasi bo‘yicha islohot o‘tkazadi. Unga ko‘ra: 1582-yil 4-oktabrdan keyin 5-oktabr emas, balki 15-oktabr keladi deb e’lon qilingan. 

Картинки по запросу 1582-yili календарь

XO‘SH, ASLIDA KALENDAR QACHON VA NIMA UCHUN YARATILGAN?

Kishilar qadim zamonlardanoq kun va tunning almashinishi, shuningdek, vaqt oraliqlarini hisoblashga ehtiyoj sezishgan. Buning uchun oy fazalari va fasllarning takrorlanishidan foydalanishgan. Bu esa kelgusida kalendar (taqvim) yaratilishiga asos bo‘lgan.
   
Kalendar (lotincha) “calendarium” – “qarz daftari” degan ma’noni bildiradi. Qadimgi Rimda olingan qarz yuzasidan har oyning birinchi kuni foiz to‘langan va qarz daftariga shu kunlar yozib borilgan. Kalendarning tuzilishida kun, hafta, oy, yil asos qilib olingan.  Yil – eng asosiysi hisoblanib, uning fasl, oylarga bo‘linishiga va davomiyligiga qarab oy kalendari, oy-quyosh kalendari va quyosh kalendarlari tuzilgan.

Oy kelandari

лунник.рф

Oy Yer atrofida g‘arbdan sharqqa tomon aylanib, Quyoshning to‘g‘risiga kelib qolishi – oy boshi deyiladi, lekin bu vaqtda oy ko‘rinmaydi. 1-2 kundan keyin u g‘arbdan kechasi o‘roq shaklida (yangi oy) samoni yoritadi. Oy yilining har 34 yili – quyosh yilining 33 yiliga to‘g‘ri keladi. Oy kalendari musulmon davlatlarining ko‘pchiligida hozir ham qo‘llaniladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) o‘z sahobalariga hijriy-qamariy taqvimga amal qilishlarini vasiyat qilib qoldirgan ekanlar.

Musulmon olamida hijriy-qamariy taqvim 622-yil 16-iyuldan, ya’ni payg‘ambarimizning Makka shahridan Madinaga hijrat (ko‘chib o‘tish) qilishidan boshlanadi.
 

Musulmon davlatlarida hijriy-qamariy va hijriy-shamsiy kalendarlari bir vaqtning o‘zida qo‘llaniladi. Bunda ham yil sanash hijriy-qamariy kabi 622-yilning 15-iyulidan boshlanadi. Ammo, yangi yilning birinchi kuni 21-mart hisoblanadi. Hozirda mazkur kalеndardan Afg‘oniston, Eron, Turkiya va boshqa davlatlarda foydalaniladi.
 
Oy-quyosh kalеndari

images-products-1583-0-large-RCM-Chinese-Lunar-Calendar-Sterling-Silver-Coin-15-2000 (693x700, 79Kb)

Bu kalendar Oy va Quyosh harakatiga asoslangan murakkab kalеndar hisoblanadi. Uning bir yilida 12 oy bo‘lib, bir yil 353-355 kun, ayrim yillar esa 383-385 kundan iborat bo‘ladi. Oy-quyosh kalеndarining har 19 yilidan 12 tasi 12 oydan, 7 tasi esa 13 oydan iborat bo‘ladi. Bu kabi kalеndarlardan, asosan, yahudiylar foydalanishadi. Ularning yangi yili bizning yilimizga ko‘ra sеntabr yoki oktabr oyiga to‘g‘ri keladi.

Quyosh kelandari

Картинки по запросу солнечный календарь древнего египта

Qadimgi Misrda har yili Nil daryosining toshishiga avvaldan tayyorgarlik ko‘rish katta ahamiyat kasb etgan. Misr kohinlari eng yorug‘ yulduz Sirusning erta tongda birinchi marta ko‘rinishiga qarab, Nil daryosining yaqin orada toshishini aniqlagan. Shunga asoslanib Misr kalеndari yaratilgan. Miloddan avvalgi XVIII asrda misrliklar har yilni to‘rt oydan iborat uch qism (toshqin, ekish va yig‘im-terim)ga bo‘lganlar. Bir yil 12 oy, shuningdek, oylar 30 kundan iborat bo‘lib, so‘nggi besh kun bayram kunlari sifatida nishonlanar edi. Yillar davomida ortib qolgan 6 soat kabisa yili kiritmasligi oqibatida asrlar o‘tishi bilan fasllarning o‘rni surilib borgan. Tarixda misrliklarning bu kalendari “daydi kalendar” nomi bilan mashhur.

Misrliklar kalendari rimliklar tomonidan o‘zlashtiriladi. Miloddan avvalgi 46-yilda Rim konsuli Yuliy Sezar Misr astronomi Sozigen maslahati bilan misrliklarning kalendariga bog‘liq islohot o‘tkazadi. Unga ko‘ra, yil 12 oyga bo‘linib, toq oylar 31, juft oylar 30 kundan, faqatgina fevral – oddiy yilda 28 kun, kabisa yilida 29 kun qilib belgilangan. Miloddan avvalgi 45-yil 1-yanvardan boshlab, ushbu yangi kalendar “Yulian kalendari” (yoki “eski stil”) deb atala boshlandi.

Yer Quyosh atrofida 365 kun 5 soat 48 daqiqa 46 soniyada – tropik yilda bir marta aylanib chiqadi. Yulian kalendari tropik yildan 11 daqiqa 14 soniyaga ko‘p. Bu farq, taxminan, 400 yilda uch kunga kechikadi. XVI asr oxirlari (1582-yil)ga kelib esa farq 10 kunga yetgandi.


Bu ham qiziq

O‘zbekistonda urush qatnashchilariga 30 mln so‘mdan bir martalik pul to‘lanadi

O‘zbekistonda urush qatnashchilariga 30 mln so‘mdan bir martalik pul to‘lanadi

O‘zbekistonda 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda nogironlarini ijti…
10:43 / 18.04.2026
Aholini gaz ballonlari bilan ta’minlash tartibi o‘zgardi

Aholini gaz ballonlari bilan ta’minlash tartibi o‘zgardi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarni maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlash xizmati 2026-yil 1-iyundan boshlab faqat Davlat xi…
10:56 / 19.04.2026
Farg‘onada 800 o‘rinli zamonaviy shifoxona quriladi

Farg‘onada 800 o‘rinli zamonaviy shifoxona quriladi

Farg‘ona viloyatida 800 o‘rinli zamonaviy ko‘p tarmoqli shifoxona qurish bo‘yicha yirik loyiha yuzasidan muhim kelishuv imzo…
17:30 / 16.04.2026
9 kg ga yaqin opiy musodara qilindi

9 kg ga yaqin opiy musodara qilindi

Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida yirik miqdordagi narkotik moddalarning noqonuniy a…
16:55 / 16.04.2026
Andijonda “prava”siz avtomobil boshqarib, drift qilgan yigitlar 15 sutkaga qamaldi

Andijonda “prava”siz avtomobil boshqarib, drift qilgan yigitlar 15 sutkaga qamaldi

Andijon viloyatida avtomobilni haydovchilik guvohnomasiz boshqarib, yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan hamda d…
11:22 / 18.04.2026
Madaniyat va san’at sohasida ochiq muloqotlar boshlanadi

Madaniyat va san’at sohasida ochiq muloqotlar boshlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga muvofiq, madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish hamda mavjud muammola…
09:29 / 19.04.2026
Yer maydonlarining noqonuniy sotilishi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

Yer maydonlarining noqonuniy sotilishi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

Yer munosabatlari sohasida qonunbuzilish holatlariga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo…
17:32 / 18.04.2026
O‘rta Chirchiqda uy portlashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

O‘rta Chirchiqda uy portlashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani hududida joylashgan xonadonda yuz bergan portlash oqibatida bir oiladan 4 kishi hayo…
12:41 / 17.04.2026
Vladikavkazda chiqindi konteyneri portlashi oqibatida o‘zbekistonlik erkak halok bo‘ldi

Vladikavkazda chiqindi konteyneri portlashi oqibatida o‘zbekistonlik erkak halok bo‘ldi

Rossiyaning Vladikavkaz shahrida 17-aprel kuni chiqindi konteynerlarini yuklash jarayonida yuz bergan portlash oqibatida 46 …
12:00 / 18.04.2026
Buxoroda mast haydovchi 5 yoshli bolani urib ketdi

Buxoroda mast haydovchi 5 yoshli bolani urib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan video yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
17:28 / 18.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!