$
12014.48 UZS
-39.55
166.61 UZS
-0.44
13858.70 UZS
-73.35
31° Kechasi 18°

Uddaburon uy bekalari kir yuvishda nima uchun aspirindan foydalanadi? 

10:07 / 18.03.2020

Uy bekalariga qoyil qolmay iloj yo‘q. Ular haqiqatdan ham kashfiyotchi. Ular ro‘zg‘ordagi hamma buyumlardan eng yuqori darajada foyda olishni biladi. Bekajonlarning navbatdagi ixtirosi aspirin va kir yuvish mashinasi bilan bog‘liq. Xayolingizga dori vositasi hamda salomatlik keldimi? Buni siz va biz bilamiz, xolos. Lekin talaygina tajribaga ega ayollar aspirindan boshqa maqsadlarda ham foydalanishadi. 

aspirin-v-stiralnuyu-mashinu1

Siz ham sinab ko‘rishingiz mumkin. Bir nechta tabletkani bir stakan suvda eriting, keyin kir yuvish mashinasiga quying. Birozdan so‘ng hayratga tushishingizga ishochimiz komil. 
Tajribadan so‘ng siz ham ushbu ajoyib va samarali vositadan doimiy foydalanishingiz tayin. Ishonavering, siz bundan ko‘ra yaxshiroq oqartiruvchi vositani topa olmaysiz. 

aspirin-v-stiralnuyu-mashinu2

Oddiygina aspirin tabletkasi kirlarni qanday tozalashini tasavvur qiling-a?! Bu aralashma rangi xiralashib, kulrang tusga kirib borayotgan matolarni oqartiradi. Natijasi qimmatbaho oqartiruvchi vositalardan ancha yuqori. Shuningdek, u bilan kiyimdagi sariqlikdan ham xalos bo‘lish mumkin. Yuvish jarayonida matolar deyarli zararlanmaydi. Aspirin tabletkasi kir yuvish mashinasiga umuman ziyon yetkazmaydi, aksincha uni tozalaydi. Aspirin va boshqa oqartiruvchi vositalar narxini solishtirib ko‘rsangiz yaxshigina pul ham tejaysiz.

aspirin-v-stiralnuyu-mashinu2-2

Insonlarning aksariyati oq rangli liboslarni kiyishni xush ko‘radi. Lekin eng yomoni, undagi kichik dog‘ ham yaqqol ko‘zga tashlanishidir. Ayniqsa, oq rangdagi liboslar tez-tez yuvilsa, sarg‘imtir yoki kulrang tusga kira boshlaydi. Bunday holatga duch kelmaslik uchun aspirin eng yaxshi yordamchi hisoblanadi. Tabiiyki, vaqti kelib oq rangdagi liboslar o‘z tusini o‘zgartiradi, lekin uy bekalari o‘z tajribalariga ishongan holda aspirin oq kiyimlarni uzoq vaqtgacha o‘z holicha saqlashga yordam beradi deyishmoqda. 
Shuni yodda tutingki, kiyimlarni oqartirish uchun ishlatiladigan aspirinning muddati o‘tgan bo‘lishi lozim. Buning evaziga, uyingizdagi dori qutichangizni bo‘shatib olasiz. Natijada ko‘p bo‘lmasa ham ma’lum miqdorda pul tejab qolasiz. 

aspirin-v-stiralnuyu-mashinu3

Aspirin tabletkasi bilan kiyimlarni qanday yuvish mumkin?
Biroz bo‘lsa ham oq rangini yo‘qotayotgan kiyimlarni ivitib qo‘ygandan ko‘ra, uni bir zumda yuvib oqartirgan yaxshiroq. Buning uchun bir satakan suvga tabletkaning 2-5 donasini solib eritasiz. Shundan so‘ng, yuvilishi kerak bo‘lgan kiyimlarga istalgan turdagi kir yuvish vositasini solib, kir yuvish mashinasi ichiga (kirlar solingan joyga) tayyorlangan eritmani solishingiz kerak. Ana undan keyin kir yuvish mashinasini ishga tushirasiz. Natijada sizni xursand qiladigan oqartirish jarayoni boshlanadi. 

Картинки по запросу "кладет аспирин в стиральную машину?""

Agar liboslar o‘z oqligini yo‘qotib qo‘ygan bo‘lsa va biroz kulrang bo‘lib ko‘rinsa, unda zudlik bilan oqartirish ishlarini boshlash kerak. Bu jarayon quyidagicha amalga oshiriladi: 
• aspirin tabletkasining yetti donasini eritib, yetti litr suvga qo‘shing;
• yuvilishi kerak bo‘lgan matoni 6-8 soat iviting;
• kir yuvish mashinasi yoki qo‘l yordamida yuqorida aytilganidek matolarni yuving.

Картинки по запросу "кладет аспирин в стиральную машину?""

Aytgancha, matolarni quritishning eng yaxshi yo‘li bu quyosh nuri, albatta, buning imkoni bo‘lsa. Aspirin ultrabinafsha nurlar ta’sirida yaxshi ta’sir qiladi. Agar kiyimlaringiz aspirin yordamida oqarayotganiga ishonchingiz komil bo‘lsa, undan foydalanishda davom eting.


Bu ham qiziq

Bugun, 12-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 12-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

TOSHKENT SHAHRIHavo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gac…
17:41 / 11.06.2026
Firibgarlikda ayblanib, Moldovada qo‘lga olingan shaxs O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Firibgarlikda ayblanib, Moldovada qo‘lga olingan shaxs O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Moldova poytaxti Kishinyov shahrida qo‘lga olinib, ekstraditsiya tartibida O‘…
12:12 / 11.06.2026
TIV O‘zbekiston terma jamoasi tekshirilgani yuzasidan AQSHdan rasmiy izoh so‘radi

TIV O‘zbekiston terma jamoasi tekshirilgani yuzasidan AQSHdan rasmiy izoh so‘radi

AQSHning Nyu-York shahrida O‘zbekiston va Niderlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan o‘zbekistonl…
10:34 / 11.06.2026
O‘zbekistonliklar necha yoshda oila qurishmoqda?

O‘zbekistonliklar necha yoshda oila qurishmoqda?

O‘zbekistonda 2025-yilda birinchi marta nikohdan o‘tayotgan erkaklarning o‘rtacha yoshi 25,6 yoshni, ayollarniki esa 21,4 yo…
17:17 / 10.06.2026
O‘zbekistonda baliq yetishtirish hajmi 500 ming tonnadan oshiriladi

O‘zbekistonda baliq yetishtirish hajmi 500 ming tonnadan oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi takliflar taqd…
16:05 / 11.06.2026
Yun Sok Yol 30 yilga qamaldi

Yun Sok Yol 30 yilga qamaldi

Prokuratura uning harakatlari mintaqada keskinlikni kuchaytirgani va davlat xavfsizligiga tahdid solganini bildirdi.
11:49 / 12.06.2026
11-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

11-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
14:52 / 10.06.2026
Qarshida huquq faoli qiynoqqa uchragani aytilmoqda

Qarshida huquq faoli qiynoqqa uchragani aytilmoqda

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida huquq faoli Javohir Mo‘minovga nisbatan qiynoq qo‘llangani haqida da’volar yangradi…
09:23 / 11.06.2026
YouTube shaxsiy chatlar funksiyasini qayta ishga tushirmoqda

YouTube shaxsiy chatlar funksiyasini qayta ishga tushirmoqda

YouTube foydalanuvchilar uchun shaxsiy xabar almashish imkoniyatini bosqichma-bosqich qayta joriy etmoqda.
14:56 / 11.06.2026
O‘zbekistonlik futbol muxlislarining yarmidan ko‘pi AQSH vizasini ololmadi

O‘zbekistonlik futbol muxlislarining yarmidan ko‘pi AQSH vizasini ololmadi

JCH–2026 o‘yinlarini stadionlarda tomosha qilishni rejalashtirgan ko‘plab o‘zbekistonlik muxlislar AQSH vizasini olishda jid…
16:32 / 10.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!