$
12055.81 UZS
36.54
169.06 UZS
3.41
14008.85 UZS
24.43
31° Kechasi 18°

Suvaraklarga qarshi kurashishning ko‘pchilik bilmaydigan sirlari

05:10 / 07.05.2020

Kechqurun oshxonaga kirgan bekalar uchun eng dahshatlisi bu – stol yoki devorda sayr qilib yurgan suvaraklardir. Jirkanch “hamxonalar”dan qanday qilib qutilish mumkin? Kamiga zararkunandalarga qarshi vosita ham yordam bermasa, kurashning yana qaysi usulini qo‘llasa bo‘ladi? Yarim tunda kayfiyatingizni tushirgan hamda uyqungizni qochirgan hasharotlar ustidan kurashishning yangi turini sinab ko‘rish vaqti kelgandir balki. Quyida bunda nimalar qilish kerakligini o‘rganib oling. 

Xonadonda suvaraklar: Sabab hamda belgilar
Suvaraklarni yo‘q qilishga kirishishdan avval, ular uyingizda nima uchun paydo bo‘lganligini aniqlashga harakat qiling. Bunga bir qancha sabablar mavjud: 
Yuqori namlik va suv. Suvaraklar oziq-ovqatsiz ham yashashi mumkin, ammo suvsiz buning sira iloji yo‘q. Oshxona rakovinasi, hammom yoki hojatxonada muntazam ravishda suv to‘planib turadigan joy bo‘lsa, bu suvaraklarga yaratilgan qulay sharoit bo‘lib xizmat qiladi. 

Ovqat qoldiqlari, burchaklarga sochilgan non ushoqlari, stol yoki pechdagi yog‘ izlari, yuvilmagan idishlar – bularning barchasi suvaraklar ovqatlanishi uchun eng yaxshi variant. Shkafda sochilgan don-u,  chiqindi yig‘ilib yotgan chelakni aytmasa ham bo‘ladi. 

Agar siz ajoyib uy bekasi sifatida tozalikka jiddiy e’tibor qaratsangiz ham suvaraklarga duch kelayotgan bo‘lsangiz, bunda sizning aybingiz yo‘q. Bunda yagona aybdor suvarakli qo‘shnilardir. Bu vaziyatda uyingizdagi har qanday teshik va yoriqlarni berkitishingiz, derazalarga esa maxsus zich to‘qilgan to‘r pardalar o‘rnatishingizga to‘g‘ri keladi. Bunday holda qachongacha yashash mumkin?

Shuningdek, ko‘p qavatli uylarning birinchi qavati savdo do‘koni bo‘lsa, u holda suvaraklar uchun yaxshi zamin yaratilgan, deya hisoblash mumkin. Albatta, hasharotlar hech bo‘lmaganda quvur yo‘lakchalari orqali xonadonma-xonadon “mehmon” bo‘lishadi. 

Suvaraklar ko‘payishida safarga borib-kelish ham sabab bo‘lishi mumkin. Chunki mehmonxona yoki yo‘laklar sanitariya me’yorlariga deyarli amal qilmaydi. Bordi-yu, yuklaringiz orasiga kirib olgan suvaraklardan xabaringiz yo‘q bo‘lsa, uyingizga “ajoyib sovg‘a” bilan tashrif buyurishingiz turgan gap. 

Bilasizmi, barcha narsani sababini bilib, so‘ng oqibatini bartaraf etish osonroq. Agar kichik yoshdagi farzandlaringiz bo‘lsa, shuningdek, uy hayvonlarini ham boqsangiz, suvaraklarga qarshi maxsus dori vositalarini ishlatish muammo tug‘dirishi mumkin. Demak, tabiiy va eng tejamkor usullar sizga yordamga keladi. 

Mo‘ylovli qo‘shnilarga qarshi kurashning eng ko‘p sinalgan usuli – sovuq havo. Bu hasharotlarga salbiy ta’sir qiladi. Masalan, +7 darajada suvaraklar ko‘paymaydi,  -5 darajada esa butunlay qirilib ketadi. 

Sovuq kunlar hasharotlarni yo‘q qilishning ayni vaqti. Ko‘chada harorat  -10 daraja bo‘lganida oshxona, hammom va suvarak bor joylarni tez-tez shamollatib turish kerak. Albatta, bundan so‘ng dushman ustidan g‘alaba qozonishingiz aniq. 

Suvaraklarga qarshi kurashishni aynan tunda boshlang. Buning uchun deraza va eshiklarni tundan-tonggacha ochiq holda qoldiring. Ushbu muzlash jarayonida hasharotlar deyarli qolmaydi. 

Natija siz xohlagandek bo‘lishiga ishonchimiz komil. Hammasini uddasidan chiqqan bo‘lsangiz,  ozoda xonadonda sog‘-salomat yashash baxtini his eting!


Bu ham qiziq

AQShdagi masjidda o‘smirlar terakt uyushtirdi. Qurbonlar bor

AQShdagi masjidda o‘smirlar terakt uyushtirdi. Qurbonlar bor

AQShning Kaliforniya shtatidagi San-Diyego okrugida joylashgan masjidda qurolli hujum sodir etildi. NBC News xabariga ko‘ra,…
09:36 / 19.05.2026
O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi London fond birjasida IPOga chiqadi

O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi London fond birjasida IPOga chiqadi

Bugun — 18-may kuni London fond birjasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi aksiyalarining birlamchi …
13:36 / 18.05.2026
O‘zbekistonda turarjoy qurilishi 6,6 foizga oshdi

O‘zbekistonda turarjoy qurilishi 6,6 foizga oshdi

2026-yil yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda turarjoy qurilishi o‘sishda davom etdi. Uch oy davomida foydalanishga topshirilg…
14:39 / 17.05.2026
Piskentda yuk mashinasi tirkamasi yonib ketdi

Piskentda yuk mashinasi tirkamasi yonib ketdi

Piskentda yuk mashinasi tirkamasi yonib ketdi Bugun, 16-may kuni soat taxminan 17:00 larda Toshkent viloyati Piskent tuma…
13:21 / 17.05.2026
Toshkent–Issiqko‘l aviaqatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent–Issiqko‘l aviaqatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Qirg‘izistonning Asman Airlines aviakompaniyasi Uzbekistan Airports bilan Toshkent va Qirg‘iziston aeroportlari o‘rtasida mu…
11:39 / 17.05.2026
Oʻzbekiston Prezidenti shaharlarni barqaror rivojlantirish borasida qator tashabbuslarni ilgari surdi

Oʻzbekiston Prezidenti shaharlarni barqaror rivojlantirish borasida qator tashabbuslarni ilgari surdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-may kuni Bokudagi Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi…
17:17 / 18.05.2026
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga boradi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga boradi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 17–18-may kunlari Boku sha…
15:17 / 17.05.2026
Xorazm va Qoraqalpog‘istonda kuchli shamol batutlarni uchirib yubordi

Xorazm va Qoraqalpog‘istonda kuchli shamol batutlarni uchirib yubordi

Kecha Xorazm va Qoraqalpog‘iston hududlarida kuzatilgan kuchli shamol oqibatida turli favqulodda holatlar yuzaga kelgani ayt…
10:09 / 18.05.2026
Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch shahri bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorlig…
11:44 / 18.05.2026
O‘zbekistonda tirik baliq, qo‘y, sigir, echki va asalarilarga soliq imtiyozi beriladi

O‘zbekistonda tirik baliq, qo‘y, sigir, echki va asalarilarga soliq imtiyozi beriladi

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ayrim turlari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bo‘yicha imtiyozlar ken…
15:26 / 18.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!