Farg‘ona va Namangan viloyatlarida narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
DXXning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari bojxona va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda Farg‘ona tumani “Log‘on” MFYdagi xonadonlardan birini belgilangan tartibda ko‘zdan kechirdi. Natijada ushbu manzilda 2000-yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli 993 gramm gashish va 212 gramm “Alfa-PVP” narkotik moddasi, shuningdek, 2728 dona “Regapen” hamda 458 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
Namangan viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida esa Toshkent—Namangan yo‘nalishida harakatlanayotgan Spark avtomobili Chust tumani hududida to‘xtatilib tekshirildi. Avtomobilda ketayotgan Namangan shahrida yashovchi 1992-yilda tug‘ilgan shaxs hamda Davlatobod tumanida istiqomat qiluvchi 1997-yilda tug‘ilgan fuqaroning yonidan 1 kilogramm 127 gramm opiy moddasi topildi.
Har ikki holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada qiymati 3,2 milliard so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari kontrabandasiga chek qo‘yilgani, Toshkent viloyatida 5 kilogrammdan ortiq opiy olib ketayotgan ikki yigit ushlangani hamda Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 600 kilogramm narkotik modda Termizda to‘xtatib qolingani haqida xabar berilgandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!