O‘zbekistonda avtomobil odometri ko‘rsatkichini o‘zgartirib yoki qurilmani almashtirib, bu haqda xaridorga ma’lum qilmagan sotuvchilarga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. Bu haqdagi qonun bugun, 19-may kuni ma’qullandi.
Ma’lum qilinishicha, bunday holatlar Ichki ishlar vazirligi tomonidan tekshirilib, keyinchalik sudda ko‘rib chiqiladi. Asosiy dalil sifatida esa ekspertiza xulosasi olinadi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yangi 178-2-modda bilan to‘ldirilmoqda. Unga ko‘ra, avtomobilning yurgan masofasi o‘zgartirilgani yoki odometri almashtirilgani haqida xaridorga ma’lumot bermagan shaxslar javobgarlikka tortiladi.
Oliy sud raisi o‘rinbosari Shuhrat Polvonovning aytishicha, sud uchun asosiy dalil — odometr ko‘rsatkichlari o‘zgartirilgani yoki qurilma almashtirilgani haqida xaridorga xabar berilmaganini tasdiqlovchi ekspertiza xulosasi bo‘ladi. Bunday holatlar, asosan, xaridorning murojaati asosida aniqlanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!