Oshxonaning qulayligi va shinamligi uning qanday jihozlangani bilan bevosita bog‘liqdir. Axir oshxonadagi har bir narsa — ovqatlanish anjomlaridan tortib, lagangacha o‘z joyiga ega bo‘lishi kerak. Quyida berilgan 20 ta zaruriy ashyo va o‘rinlar esa “o‘choq boshi”ni tartibga keltirish yoki yangi interer yaratishni istayotganlar uchun juda asqotadi.
Sous va yog‘ idishlari uchun savatcha
Yog‘ va souslar solingan idishlarni tartibli saqlash uchun past bo‘yli savatcha oling. Ovqatlanish vaqtida uni dasturxon ustiga ham qo‘ysangiz bo‘ladi.
Mayda-chuydalar uchun savatcha
Bu kabi katta savatlarni ochiq tokchalarda ham saqlash mumkin.
Kartoshka uchun savatcha
Sovitgichga solish shart bo‘lmagan sabzavotlar uchun ham savatchalar ajrating. Bu narsa oshxonaning shinam bo‘lishini ta'minlaydi. Shuningdek, sabzavotlarning nafas olishiga sharoit yaratadi, aynishining oldini oladi.
Mayda anjomlar uchun surilma quti
Cho‘mich, o‘qlov, kapkir ixcham ko‘rinsa ham, ko‘p joy egallaydi. Shuning uchun ular saqlanadigan quti chuqur bo‘lishi maqsadga muvofiq.
“Yuruvchi orolcha”
Biror o‘rindan boshqa joyga ko‘chirish mumkin bo‘lgan yuruvchi oshxona stoli xona intererini tez-tez o‘zgartirib turuvchilarga juda ma'qul keladi. Qolaversa, stol tagini tozalashdagi eng maqbul amaliy yechim hisoblanadi.
Maxsus o‘rnatilgan axlat konteynerlari
Hech kim axlatlarni ularning turlariga qarab ajratib o‘tirishni istamaydi. Shu bois axlat tashlash uchun bir necha konteynerlar zarur. Bu axlat (qog‘oz, plastik idishlar va hokazo)larni alohida ajratishga imkon berib, mavjud muammoni bartaraf etadi.
Chuqur rakovina
Chuqur ergonomik rakovina idishlarni yuvish jarayonini osonlashtiradi.
Uzun jo‘mrak
Bu turdagi rakovinadan foydalanish uchun bukuluvchan shlangli, baland va katta jo‘mrakdan foydalanish mumkin.
Ziravorlar uchun magnitli taxta
Shkafda turgan ziravorli bankalar shkafni tartibga keltirishga halaqit qilsa, magnitli tasma va unga yopishuvchi maxsus qalin bankalar sotib olsangiz bo‘ladi. Ziravorlarning devorga yopishib noodatiy turishi kayfiyatingizni ko‘taradi, uyga kelgan mehmonlarning qiziqishiga sabab bo‘ladi.
Qog‘oz sochiq uchun o‘yiq tokcha
Qog‘oz sochiq uchun o‘rin oshxona stoli yoki tumbochkaning yon tarafida bo‘lishi mumkin. Bu uni suv tegib qolishidan asraydi.
Ziravorlar uchun vertikal quti
Ularga nafaqat shisha idishlar, balki ziravorlar va souslarni ham joylashingiz mumkin.
Idish-tovoqlar uchun quti
Qutilarning tagi mayda teshikli bo‘lishi kerak. Maxsus yog‘ochli qoziqchalar idishlarni istalgan shaklda turishda qulaylik yaratadi.
Pichoq uchun o‘rin
Agar oshxonangizda pichoqlar uchun quti bo‘lmasa, biror o‘rinda u uchun o‘yiq o‘rin yasashingiz va ovqat tayyorlashdagi asosiy ko‘makchilaringizning yaxshi saqlanishini ta'minlashingiz kerak.
Burchak tokcha qutilari
Oshxona garniturasidagi burchaklar odatda foydalanilmaydigan hudud hisoblanadi. Ammo siz bu o‘ringa tortmali burchak qutilarini o‘rnatishingiz mumkin.
Rakovina tagidagi taxta tokcha
Rakovina tagini ham bo‘sh qoldirmang. Bu tozalash vositalari uchun eng maqbul joy.
Ochiq tokchalar
Shunday narsalar borki, ularni qo‘lingiz yetadigan ochiq o‘rinlarga qo‘yishingiz kerak. Masalan, quruq choy. Oshxona jihozlayotganda mana shu kabi jihatlarga katta e'tibor bering, ochiq tokchalarni o‘rnating.
Oshxona anjomlari uchun quti
Ikki tavaqali qutida qoshiq, sanchqi va boshqa buyumlarni saqlasangiz bo‘ladi.
Jonivorlar idishi uchun o‘rin
Agar uyingizda jonivorlar bor bo‘lsa, ularni ovqatlantiruvchi idishni qayerga qo‘yish haqida ham bosh qotirishingiz kerak. Masalan, mushugingizning idishini oshxona stolining pastgi yon tarafiga qo‘yishingiz mumkin.
Planshet uchun tago‘rin
Ovqat tayyorlash jarayonida ham planshetingizga birqur nazar tashlashingiz uchun uni qo‘yishingiz mumkin bo‘lgan ustuncha kerak.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!