Kerakli masalliqlar:
– Shakar – 160 gr
– Sariyogʻ – 150 gr
– Tuxum – 4 dona
– Trimolin pastasi – 50 gr
– Qavartma – 5,5 gr
– Un – 275 gr
– Sut – 80 gr
– Vanil ekstrakti – 10 gr
– Qizil rangli ozuqaviy boʻyoq
Tayyorlanishi:
1. Sariyogʻ va shakar mikser yordamida qorishtiriladi.
2. Tuxum blender bilan koʻpirtiriladi va sariyogʻli massa ustidan quyiladi.
3. Masalliqlar ichiga trimolin pastasi qoʻshiladi.
4. Aralashma ustidan un va qavartma sepiladi.
5. Xamir ichiga sut quyilgach, yaxshilab qorishtiriladi va bir qismi olib qoʻyiladi. Qolgan qismiga esa boʻyoq qoʻshiladi. Xamir folga qogʻozi oʻralgan qolip ichiga joylanadi va 130 daraja haroratda pishiriladi.
6. Korj soviganidan keyin yurakcha shaklidagi qolip yordamida boʻlaklar kesib chiqiladi.
7. Boʻyoq qoʻshilmagan xamir qandolat qopchasi ichiga joylanadi va pergament qogʻoz toʻshalgan keks qolipining bir qismiga toʻldiriladi.
8. Xamir ustiga qizil rangli biskvitdan kesib olingan boʻlaklar terib chiqiladi.
9. Qolipning qolgan qismi ham xamir bilan toʻldiriladi.
10. Keks 150 daraja haroratda 40 daqiqa pishiriladi.
11. Tayyor keksni taʼbga koʻra bezatish mumkin.
Ўзбекистон ва жаҳонда рўй бераётган энг сўнгги воқеа-ҳодисалар, спорт, шоу-бизнес, маданият, информацион технологиялар ва илм-фан янгиликларидан доимо хабардор бўлинг!
Ўзбекистон ва жаҳонда рўй бераётган энг сўнгги воқеа-ҳодисалар, спорт, шоу-бизнес, маданият, информацион технологиялар ва илм-фан янгиликларидан доимо хабардор бўлинг!