O‘zbekistonning ShHTga raisligi o‘z nihoyasiga yetib bormoqda. Ushbu davr mamlakat uchun qanchalik samarali va sermahsul bo‘ldi. Toshkentning qaysi tashabbuslari alohida ta’kidlashga arziydi?
Ushbu savolga Tojikiston Prezidenti huzuridagi Davlat xizmati Akademiyasi professori, ShHTning sobiq Bosh kotibi Rashid Alimov javob berdi:
“Raislik qiluvchi tomon doim liderdir, u yo‘nalishni belgilaydi. Ammo O‘zbekiston nafaqat o‘tgan yil, balki qariyb 4 yildan buyon ShHTning 2018-yilda Sindao (Xitoy) da o‘tgan sammitidan boshlab yo‘nalish berib kelyapti. Mamlakatingiz tashabbuslari tufayli hamkorlar bilan birgalikda 80 dan ortiq tadbirlar o‘tkazildi. Gap miqdorda emas, balki bu tadbirlarning samaradorligida. Iqtisodiy sohadagi hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston ShHT faoliyatining asosiy qismini boyitgan va tashkilot faoliyatidagi bo‘shliqlarni to‘ldirgan qator tashabbuslar bilan chiqdi.
Xususan, transport aloqasi bilan bog‘liq masalalarni eslatib o‘tmoqchiman. Masalan, 2014-yilda Dushanbeda avtomobil tashishlari uchun qulay shart-sharoitlari yaratish bo‘yicha kelishuv qabul qilingan. O‘zbekiston temir yo‘l tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida tashabbus bilan chiqqan, bu temir yo‘l tarmoqlari rivojiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu, ayniqsa, ShHT mamlakatlarining tashqi savdo aylanmasi 7,5 trln. dollar, ichki savdo aylanmasi ushbu hajmning atigi 10 foizini tashkil etayotgan bir sharoitda ahamiyatlidir. Ya’ni, ShHT “iqtisodiy g‘ildiragi” albatta o‘z izini kengaytirishi kerak.
ShHT mamlakatlari o‘rtasidagi savdo hajmi 2017 yilga nisbatan 32% ga oshgan. Markaziy Osiyoning dengiz yo‘llariga chiqa olmaydigan davlatlari bu muvaffaqiyatlardan ayniqsa manfaatdor. Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyoti hali ham jahon bozorlaridan eng ko‘p uzilgan iqtisodiyotlar qatorida qolmoqda. O‘zbekistonning transport aloqasini mustahkamlash borasidagi tashabbuslari muhim ahamiyat kasb etadi. Ular mintaqani dengiz va okeanlarga “yaqinlashtirishga” imkon beradi”— deydi ShHT sobiq bosh kotibi Rashid Alimov.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!