“Richard dunyoning eng qaynoq nuqtalarida, jumladan Venesuela va Shimoliy Koreyada ishlaydi. U hamisha tinchlik uchun kurashadi va har doim Amerika manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yadi”, — deb yozgan Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Grenell qattiq diplomatiya tarafdori hisoblanadi. U Trampning oldingi prezidentlik muddatida qisqa vaqt mobaynida Milliy razvedka direktori vazifasini bajaruvchi sifatida ishlagan.
Reuters agentligiga ko‘ra, Grenell Kiyev va Moskva o‘rtasidagi tinchlik kelishuvi doirasida Ukrainada “avtonom zonalar” yaratish tarafdori bo‘lgan, shuningdek, Ukrainaning NATOga kirishiga qarshi chiqqan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!