Vulqon Demirel Turkiyadagi zilziladan soʻng, koʻzida yosh bilan murojaat yoʻlladi.
Kuni kecha, 6-fevral kuni ertalab mamlakat janubidagi Qahramanmarash viloyatida 7,4 magnitudali zilzila roʻy berdi, shundan soʻng 30 dan ortiq yer silkinishlari qayd etildi. Oqibatda bugungacha halok boʻlganlar 2 921 nafarga yetgan, 15,834 kishi esa jabrlangan.
“Hatayda odamlar halok boʻlmoqda. Iltimos, tez yordam yuboring. Bu yerda hammasi juda yomon. Yordam bering, biz odamlar bilan bogʻlana olmayapmiz.
Oʻzimiz uddalay olmaymiz. Hammani bu yerga chaqiraman, iloji boricha koʻproq odam yuborishingizni xohlayman. Bunday holat nafaqat Hatayda, balki unga tutash viloyatlarda ham kuzatildi.
Alloh roziligi uchun yordam bering”, — deb koʻz yoshlari bilan gapirdi Turkiya milliy jamoasining sobiq darvozaboni, hozirda “Hatayspor”ning boshqarayotgan murabbiy.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!