$
12130.01 UZS
32.08
153.04 UZS
1.27
14245.48 UZS
50.98
31° Kechasi 18°

Xalq demokratik partiyasi o‘zini parlamentdagi muxolifat fraksiyasi deb e’lon qildi

19:15 / 13.05.2025

Partiya so‘l qanot sifatida mamlakatda ijtimoiy adolat, tenglik va birdamlik tamoyillariga asoslangan demokratik ijtimoiy davlat barpo etishni o‘z oldiga ustuvor vazifa etib belgilagan. Bu haqda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining rasmiy sahifasida e’lon qilindi.

Xalq demokratik partiyasi elektorati ovozini parlament va hukumatga yetkazish, ularning manfaatlarini samarali himoya qilish hamda mamlakatda kuchli ijtimoiy siyosatni davom ettirish maqsadida o‘zini parlamentdagi muxolifat fraksiyasi deb e’lon qildi.

Parlamentdagi muxolifat fraksiyasi sifatida partiya ikki o‘ng partiya tomonidan tuzilgan parlament ko‘pchiligi – “Taraqqiyot bloki” hamda mazkur blok qo‘llab-quvvatlayotgan hukumat dasturi va faoliyatining quyidagi yo‘nalishlariga qo‘shila olmasligini bildirdi: iqtisodiyotda davlat ishtiroki, strategik ahamiyatga ega kompaniyalar ustidan davlat nazoratini saqlab qolishga e’tiborning pastligi, ularni xususiylashtirish qonun darajasida taqiqlanmaganligi; raqobatbardosh va bozor mexanizmlari orqali boshqariladigan pensiya tizimiga o‘tish bo‘yicha taklif; kommunal to‘lovlar (gaz, elektr energiyasi va boshqalar) masalasida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlashning istiqbolga mo‘ljallangan aniq strategiyasi ishlab chiqilmaganligi; ulushli asosda uy-joy qurish bo‘yicha fuqarolar ulushlarini himoya qilish va kafolatlash tizimining hanuzgacha yaratilmaganligi; aholining daromadiga qarab tabaqalashtirilgan soliq tizimi joriy etilmaganligi (ko‘p mablag‘ topgan ko‘p to‘lashi lozim tamoyilini qo‘llash zarur), shu jumladan qimmatbaho mol-mulk uchun soliqning (hashamat solig‘i) joriy etilmaganligi; farmatsevtika sohasida davlat nazoratining sustligi, mahalliy va xorijiy dori vositalari uchun eng yuqori cheklangan narxlar belgilanmaganligi, shu jumladan dori vositalarining reklamasi taqiqlanmaganligi.

Muxolifat maqomi partiyaga qonun loyihalarini tanqidiy ko‘rib chiqish, muqobil takliflar kiritish va hukumat faoliyati ustidan parlament nazoratini kuchaytirish kabi yangi vakolatlarni beradi.

Bu orqali partiya o‘z dasturining maqsad va vazifalarini samarali amalga oshirish, elektorati manfaatlarini kengroq ifodalash imkoniyatiga ega bo‘ladi.


O‘zbekiston


														
														"Inson taqdiri statistikadan ming karra muhimroq" - Saida Mirziyoyeva

"Inson taqdiri statistikadan ming karra muhimroq" - Saida Mirziyoyeva

Biz oilaviy zo‘ravonlikka qarshi qonun qabul qilgan Markaziy Osiyodagi birinchi davlatmiz. Bolalarga nisbatan sodir etilgan …
22:01 / 15.12.2025

														
														Jahon banki O‘zbekistonga 250 million dollar qarz beradi

Jahon banki O‘zbekistonga 250 million dollar qarz beradi

Jahon bankining ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekiston uchun 250 million dollarlik moliyalashtirish paketini ma’qulladi.
17:31 / 15.12.2025

														
														Toshkentda fuqaroning yerto‘lasidan qurol va o‘q-dorilar topildi

Toshkentda fuqaroning yerto‘lasidan qurol va o‘q-dorilar topildi

Uy egasi 1 dona qo‘l granatasi, kalibrli “TOZ-8” rusumli o‘q otar qurol, 1 dona portlatish qurilmasi va 1 ming 646 dona quro…
17:17 / 15.12.2025

														
														16-dekabr kungi ob-havo ma’lumoti

16-dekabr kungi ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 16-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib …
16:37 / 15.12.2025

														
														O‘zbekistonda harorat pasayib, hafta davomida yomg‘ir va qor yog‘adi

O‘zbekistonda harorat pasayib, hafta davomida yomg‘ir va qor yog‘adi

Respublika hududlarida 16-dekabrdan havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim viloyatlarda kechqurun yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin…
15:08 / 15.12.2025

														
														O‘shda Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi

O‘shda Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi

“O‘sh shahrida buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘ch…
14:22 / 15.12.2025

														
														Urganchda MChJ 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘mardi

Urganchda MChJ 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘mardi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 6 milliard 33 million so‘mlik…
11:57 / 15.12.2025

														
														“Elektron retsept” bosqichma-bosqich joriy qilinadi — SSV

“Elektron retsept” bosqichma-bosqich joriy qilinadi — SSV

Hujjatga muvofiq, tizim avvalo Toshkent shahri va 15 ta tajriba-sinov tuman hamda shaharlarda joriy etiladi.
10:59 / 15.12.2025

														
														Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar o‘rtasida V Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar o‘rtasida V Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblariga tabrik yo‘lladi

Avvalo, barchangizni V Yoshlar Paraosiyo o‘yinlarida erishilgan ulkan tarixiy g‘alaba bilan chin qalbimdan samimiy muborakbo…
10:30 / 15.12.2025

														
														AQShdagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi

AQShdagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi

Bu haqda dastlab GoFundMe bergan xabarni O‘zbekiston TIV matbuot kotibi ham tasdiqladi.
09:08 / 15.12.2025

Bu ham qiziq

Yoshlar Para Osiyo o‘yinlari–2025. O‘zbekiston umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi

Yoshlar Para Osiyo o‘yinlari–2025. O‘zbekiston umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi

BAAning Dubay shahri mezbonlik qilgan 2025-yilgi yoshlar Para Osiyo o‘yinlari yakunlandi. Musobaqa O‘zbekiston terma jamoasi…
11:09 / 14.12.2025
Tailandda komendantlik soati joriy qilindi

Tailandda komendantlik soati joriy qilindi

Tailand Kambodja bilan chegaradagi to‘qnashuvlar sabab Trat provinsiyasida komendantlik soati joriy etdi. Bu haqda Reuters x…
16:46 / 14.12.2025
O‘shda Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi

O‘shda Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi

“O‘sh shahrida buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘ch…
14:22 / 15.12.2025
“Elektron retsept” bosqichma-bosqich joriy qilinadi — SSV

“Elektron retsept” bosqichma-bosqich joriy qilinadi — SSV

Hujjatga muvofiq, tizim avvalo Toshkent shahri va 15 ta tajriba-sinov tuman hamda shaharlarda joriy etiladi.
10:59 / 15.12.2025
Zelenskiy Trampning tinchlik rejasini Ukrainaga moslab qayta ko‘rib chiqmoqda

Zelenskiy Trampning tinchlik rejasini Ukrainaga moslab qayta ko‘rib chiqmoqda

WSJ gazetasining yozishicha, Zelenskiy o‘z xalqi ishonchini yo‘qotmagan holda Oq uyning taklifiga konstruktiv yondashmoqchi …
08:34 / 15.12.2025
O‘zbekistonda U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi

O‘zbekistonda U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “2027-yilgi futbol bo‘yicha U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tk…
16:31 / 15.12.2025
Estoniya Rossiya bilan chegarada bunkerlar qurishni boshladi – manba

Estoniya Rossiya bilan chegarada bunkerlar qurishni boshladi – manba

“Shuningdek, tikanli maxsus simlar va “ajdaho tishlari” turidagi to‘siqlar zaxirasi shakllantirilgan bo‘lib, zarurat tug‘ilg…
17:48 / 13.12.2025
Urganchda MChJ 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘mardi

Urganchda MChJ 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘mardi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 6 milliard 33 million so‘mlik…
11:57 / 15.12.2025
AQShdagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi

AQShdagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi

Bu haqda dastlab GoFundMe bergan xabarni O‘zbekiston TIV matbuot kotibi ham tasdiqladi.
09:08 / 15.12.2025
O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 11 oyda 17,3 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 11 oyda 17,3 mlrd dollarga yetdi

Markaziy bankning Ichki valyuta bozori sharhida ma’lum qilinishicha, ushbu ko‘rsatgich o‘tgan yilning yanvar—noyabr oylariga…
12:32 / 14.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!