$
12005.09 UZS
-20.13
148.56 UZS
-0.8
13898.29 UZS
-71.41
31° Kechasi 18°

“Qiyomat kuni ombori”dan O‘zbekiston urug‘lari ham joy oldi

11:27 / 31.10.2025

O‘zbekistonning qadimiy va mahalliy ekinlariga oid urug‘ namunalari Norvegiyada joylashgan dunyodagi eng yirik va xavfsiz urug‘ saqlash maskani — Svalbard Butunjahon Urug‘ Saqlash Genbanki (Svalbard Global Seed Vault)ga topshirildi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.

Svalbarddagi omborga topshirilgan urug‘lar o‘zbek dehqonchilik madaniyatining bebaho merosi — qadimiy navlar va mahalliy ekotiplarning genetik namunalarini ifodalaydi. Kolleksiya tarkibida qovun, tarvuz, pomidor, qalampir, baqlajon, sabzi, piyoz va bug‘doyning 20 dan ortiq mahalliy navlari mavjud. Ayniqsa, bug‘doyning mahalliy “Qayroqtosh” navi alohida ahamiyatga ega.

O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti vakillarining ta’kidlashicha, bu tashabbus O‘zbekistonning o‘simliklar xilma-xilligini asrash, global oziq-ovqat xavfsizligiga hissa qo‘shish va genetik resurslarni kelajak avlodlar uchun saqlab qolish yo‘lidagi qat’iy pozitsiyasini namoyon etadi.

Ma’lumot uchun, “Qiyomat kuni ombori” deb ham ataladigan Svalbard Butunjahon urug‘ ombori Arktika muzliklari bag‘rida joylashgan bo‘lib, -18°C haroratda doimiy ishlaydigan global genbank hisoblanadi. Hozirda bu yerda 1,1 milliondan ortiq urug‘ namunalari saqlanmoqda. Ushbu maskan dunyo bo‘ylab gen banklarida mavjud urug‘larning zaxira nusxalarini uzoq muddatli saqlashni ta’minlaydi.

Bunday tizim tabiiy ofatlar, urushlar, moliyaviy inqirozlar yoki texnik nosozliklar tufayli o‘simlik turlarining yo‘qolib ketish xavfini kamaytiradi va butun dunyo uchun barqaror oziq-ovqat ta’minotini kafolatlaydi.


O‘zbekiston


														
														O‘zbekistonda 9 oy davomida YTH sabab 1303 kishi halok bo‘ldi

O‘zbekistonda 9 oy davomida YTH sabab 1303 kishi halok bo‘ldi

Bu haqda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burxonov ma’lum qildi.
12:23 / 03.11.2025

														
														“O‘zgidromet” surxondaryoliklarni kuchli chang-to‘zonlardan ogohlantirdi

“O‘zgidromet” surxondaryoliklarni kuchli chang-to‘zonlardan ogohlantirdi

3-noyabr kuni kunduzi Surxondaryo viloyati hamda respublikaning tog‘li hududlarida shamolning kuchayishi kutilmoqda. Bu haqd…
10:22 / 03.11.2025

														
														Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi

“Rossiya hududida ona-ona qarovisiz, nazoratsiz yoki og‘ir ijtimoiy ahvolda bo‘lgan bir guruh voyaga yetmagan bolalar vatani…
09:34 / 03.11.2025

														
														O‘zbekiston TIV rahbari afg‘onistonlik hamkasbi bilan gaplashdi

O‘zbekiston TIV rahbari afg‘onistonlik hamkasbi bilan gaplashdi

Bugun, 2-noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati tashqi ish…
17:43 / 02.11.2025

														
														O‘zbekistonda yil boshidan buyon 2,1 million tonna poliz mahsuloti yetishtirildi

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 2,1 million tonna poliz mahsuloti yetishtirildi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida respublikadagi barcha toifadagi xo‘j…
17:27 / 02.11.2025

														
														3-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3-noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechqurun yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgart…
16:53 / 02.11.2025

														
														Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” ertaga, 3-noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
15:59 / 02.11.2025

														
														Turkiya o‘zbekistonliklar uchun elektron mehnat vizalarini joriy etishi mumkin

Turkiya o‘zbekistonliklar uchun elektron mehnat vizalarini joriy etishi mumkin

“Dunyo” axborot agentligining xabar berishicha, bu haqda O‘zbekiston delegatsiyasining Anqaraga amaliy tashrifi chog‘ida Tur…
12:43 / 02.11.2025

														
														Aholi yashash hududiga yaqin joylashgan “zapravka”lar ko‘chiriladi

Aholi yashash hududiga yaqin joylashgan “zapravka”lar ko‘chiriladi

2026-yil 1-martga qadar shoxobchalarda o‘tkazilgan xatlov natijalaridan kelib chiqib, ularning faoliyatini belgilangan minim…
08:57 / 02.11.2025

														
														Toshkentda isitish mavsumi 3-noyabrdan boshlanadi

Toshkentda isitish mavsumi 3-noyabrdan boshlanadi

Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan, markazlashgan issiqlik ta’minoti ijtimoiy obyektlarda 2025-yil 3-noyabrdan, tura…
18:04 / 01.11.2025

Bu ham qiziq

Ukrainada asirga olingan KXDR harbiylari o‘zlarini Janubiy Koreyaga topshirishni so‘ramoqda

Ukrainada asirga olingan KXDR harbiylari o‘zlarini Janubiy Koreyaga topshirishni so‘ramoqda

Xabar qilinishicha, harbiy asirlardan biri fevral oyida ham mamlakat rasmiylaridan biri tashrif buyurganida, Janubiy Koreyad…
14:29 / 02.11.2025
O‘zbekistonda ko‘proq o‘g‘il bolalar tug‘ilayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda ko‘proq o‘g‘il bolalar tug‘ilayotgani ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida FHDYO organlarida respublika bo‘yich…
16:49 / 01.11.2025
2-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

2-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

2-noyabr kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
17:54 / 01.11.2025
Turkiyada hibsda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi sud qarori bilan ozodlikka chiqdi

Turkiyada hibsda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi sud qarori bilan ozodlikka chiqdi

Unga Bosh konsulxona diplomatlari huquqiy maslahatlar bergan.
15:49 / 01.11.2025
3-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3-noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechqurun yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgart…
16:53 / 02.11.2025
Toshkent metrosining “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishi faoliyati to‘liq tiklandi

Toshkent metrosining “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishi faoliyati to‘liq tiklandi

Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.
11:14 / 01.11.2025
Toshkentda isitish mavsumi 3-noyabrdan boshlanadi

Toshkentda isitish mavsumi 3-noyabrdan boshlanadi

Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan, markazlashgan issiqlik ta’minoti ijtimoiy obyektlarda 2025-yil 3-noyabrdan, tura…
18:04 / 01.11.2025
Mark Karni Trampdan uzr so‘radi

Mark Karni Trampdan uzr so‘radi

Kanada Bosh vaziri Mark Karni 1-noyabr kuni AQSh Prezidenti Donald Trampdan tariflarga qarshi siyosiy reklama uchun uzr so‘r…
16:38 / 02.11.2025
Afg‘onistondagi zilzilada halok bo‘lganlar soni e’lon qilindi

Afg‘onistondagi zilzilada halok bo‘lganlar soni e’lon qilindi

Bu haqda AQSh geologiya xizmati xabar berdi.
08:58 / 03.11.2025
Aholi yashash hududiga yaqin joylashgan “zapravka”lar ko‘chiriladi

Aholi yashash hududiga yaqin joylashgan “zapravka”lar ko‘chiriladi

2026-yil 1-martga qadar shoxobchalarda o‘tkazilgan xatlov natijalaridan kelib chiqib, ularning faoliyatini belgilangan minim…
08:57 / 02.11.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!