$
12194.21 UZS
-16.5
149.97 UZS
-0.39
13984.32 UZS
-51.89
31° Kechasi 18°

Isroilning G‘azoga hujumi oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi

17:02 / 20.11.2025

Kecha, 19-noyabr kuni Isroilning G‘azodagi hujumlari kamida 28 falastinlikning o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu Isroil va XAMAS o‘rtasidagi tinchlik bitimidan keyingi hujumlardan biri hisoblanadi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Qayd etilishicha, Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) bu hujumlarni Janubiy G‘azodagi Xon Yunus shahrida “bir nechta terrorchilar” Isroil askarlariga o‘q uzgani uchun amalga oshirilganini aytgan. SAXAL xabariga ko‘ra, ular tinchlik bitimini buzgan, ammo qo‘shindan hech kim jarohat olmagan.

XAMAS esa hujumlarni “jiddiy keskinlashuv” deb atagan va SAXALning bayonotini rad etib, Isroilni “davom etayotgan jinoyatlarini oqlashga” urinishda ayblagan. Shundan so‘ng, XAMAS AQShni Isroilga “tezkor va jiddiy bosim o‘tkazib”, tinchlik bitimini hurmat qilishga chaqirgan.

Hujumlar BMT Xavfsizlik Kengashi AQSh Prezidentining tinchlikni barqarorlashtirish va G‘azoni tiklash rejasi tarafdori ekanini bildirganidan bir necha kun o‘tib sodir bo‘lgan.

G‘azodagi hujumlar tinchlik bitimidan keyin sodir bo‘lgan uchinchi yirik eskalatsiya hisoblanadi. Oldingi ikki eskalatsiyada (2025-yil 19 va 28-oktyabr) taxminan 150 falastinlik va 3 Isroil askari halok bo‘lgan. Shunga qaramay, tinchlik bitimi asosan saqlanib qolgan.

Halok bo‘lganlarning 9 nafari bolalar edi, kamida 77 kishi jarohatlangan. G‘azodagi Al-Ahli Baptist shifoxonasiga yaralangani uchun kelgan odamlar videoga olingan. Videoda odamlar jasadlar yonida o‘tirgani ko‘rinmoqda. Bir jasad uchun mo‘ljallangan sumka 3 ta bola jasadiga to‘g‘ri kelgan.

Eng ko‘p o‘lim kuzatilgan hudud G‘azoning sharqidagi Zaytun hududi bo‘lib, bu yerda 10 kishi, jumladan, bir ayol va bir bola halok bo‘lgan.

Xon Yunusning g‘arbidagi yana bir hujum esa “UNRWA klubidagi fuqarolar guruhini” nishonga olgan. UNRWA – BMTning Falastin qochqinlariga yordam va ishlash agentligi.


Falastin-Isroil


														
														“Trampning “Tinchlik kengashi” G‘azodagi Isroil hujumlarini to‘xtatishi kerak”, – XAMAS

“Trampning “Tinchlik kengashi” G‘azodagi Isroil hujumlarini to‘xtatishi kerak”, – XAMAS

19-fevral kuni Tinchlik kengashi yetakchilarining uchrashuvida a’zo davlatlar 5 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratishi k…
17:47 / 18.02.2026

														
														Isroil Ramazon oyida Al-Aqso masjidiga kirishni qisman cheklamoqchi

Isroil Ramazon oyida Al-Aqso masjidiga kirishni qisman cheklamoqchi

Bu holatni Falastin ma’muriyati “din erkinligini cheklashga urinish” deb baholamoqda.
17:37 / 17.02.2026

														
														Isroil 1967-yildan buyon amalda bo‘lgan harbiy buyruqni bekor qildi

Isroil 1967-yildan buyon amalda bo‘lgan harbiy buyruqni bekor qildi

Bu qaror mamlakatga Falastin yerlarining “de-fakto anneksiyasi”ni tezlashtirish imkonini beradi.
10:35 / 17.02.2026

														
														Isroilning G‘azoga hujumi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi

Isroilning G‘azoga hujumi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi

Bu sulh tuzilganidan keyin qurbonlar soni bo‘yicha eng yirik zarba bo‘ldi.
12:35 / 01.02.2026

														
														G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishning ikkinchi bosqichi e’lon qilindi, ammo qirg‘inlar davom etmoqda

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishning ikkinchi bosqichi e’lon qilindi, ammo qirg‘inlar davom etmoqda

AQSh G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishning ikkinchi bosqichi boshlanganini e’lon qildi.
18:15 / 15.01.2026

														
														Isroil XAMAS qurolsizlanmasa, G‘azoda harbiy amaliyot boshlashni rejalashtirmoqda

Isroil XAMAS qurolsizlanmasa, G‘azoda harbiy amaliyot boshlashni rejalashtirmoqda

Isroil Falastinning XAMAS guruhi 2025-yilgi sulhga muvofiq to‘liq qurolsizlanishdan bosh tortgani sababli G‘azo sektorida ya…
15:24 / 11.01.2026

														
														Isroil G‘azoga yana zarba berdi, qurbonlar bor

Isroil G‘azoga yana zarba berdi, qurbonlar bor

G‘azo fuqarolik mudofaasi agentligining ma’lum qilishicha, payshanba kuni Falastin hududida Isroil hujumlari kamida 13 kishi…
14:56 / 09.01.2026

														
														Isroil tomonidan XAMASning yuqori martabali rahbari yo‘q qilindi

Isroil tomonidan XAMASning yuqori martabali rahbari yo‘q qilindi

Isroil Mudofaa kuchlari bayonotiga ko‘ra, 13-dekabr kuni Isroil kuchlari XAMASning qurol-yarog‘ ishlab chiqarish shtabi rahb…
10:36 / 14.12.2025

														
														O‘tin terishga chiqqan ikki falastinlik bola Isroil droni tomonidan o‘ldirdi

O‘tin terishga chiqqan ikki falastinlik bola Isroil droni tomonidan o‘ldirdi

“Kafanni ochib, ularni quchoqladim. Kichkina Jujumning boshi uzilib ketgan edi, Xudo rahmat qilsin… Qo‘llari kesilgan, tanas…
16:45 / 03.12.2025

Bu ham qiziq

“O‘zgidromet” hududlarni suv bosishidan ogohlantirdi

“O‘zgidromet” hududlarni suv bosishidan ogohlantirdi

🔷Joriy yilning 31-mart va 2-6-aprel kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hud…
14:47 / 30.03.2026
Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tekshiruv jarayonida transport vositasining yukxona qismida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, shuningdek, t…
17:33 / 01.04.2026
30-mart kungi ob-havo ma’lumoti

30-mart kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
15:49 / 29.03.2026
Jizzaxda Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, 65 mln so‘m pul olgan firibgar ishlandi

Jizzaxda Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, 65 mln so‘m pul olgan firibgar ishlandi

Zarbdor tumanida fuqaroni Koreya davlatiga ishga yuborishi evaziga 65 mln so‘mini qo‘lga kiritgan shaxs aniqlandi.
17:55 / 30.03.2026
Ekologiya bo‘yicha maxsus komissiyaning vakolatlari kengaytirildi

Ekologiya bo‘yicha maxsus komissiyaning vakolatlari kengaytirildi

Yangi Farmonga ko‘ra, Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rish …
09:16 / 01.04.2026
Tibbiyot xodimlari uchun imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi ishlab chiqildi

Tibbiyot xodimlari uchun imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi ishlab chiqildi

15 yillik ish stajiga ega xodimlarga uy-joy uchun ipoteka olishda 25% dastlabki badal davlat tomonidan to‘lab beriladi.
17:11 / 29.03.2026
Iqtisodiyotda oʻsish surʼatlarini saqlash va davom ettirish choralari koʻrib chiqildi

Iqtisodiyotda oʻsish surʼatlarini saqlash va davom ettirish choralari koʻrib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga 2026-yilning birinchi choragida iqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozini ta’minlash hamda jahon bo…
17:18 / 30.03.2026
Namanganda 53 yoshli o‘qituvchi 6-sinf qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilganlikda gumonlanmoqda

Namanganda 53 yoshli o‘qituvchi 6-sinf qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilganlikda gumonlanmoqda

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
15:11 / 30.03.2026
Isroil Tehrondagi harbiy obyektlarga zarba berilganini e’lon qildi

Isroil Tehrondagi harbiy obyektlarga zarba berilganini e’lon qildi

Shuningdek, Tramp Xarg orolini bosib olib, Eron neftini qo‘lga kiritishi mumkinligini aytmoqda.
09:26 / 30.03.2026
Endi O‘zbekistonda jarimani avtomobil egasi emas, qoidani buzgan haydovchi to‘laydi

Endi O‘zbekistonda jarimani avtomobil egasi emas, qoidani buzgan haydovchi to‘laydi

Bundan tashqari, mazkur qaror bilan qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, avtomototransport vositasini ro‘y…
12:37 / 01.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!