$
12142.10 UZS
-52.11
150.53 UZS
0.56
14079.98 UZS
95.66
31° Kechasi 18°

Putinning Donbassdagi urushni davom ettirishdan maqsadi nima?

17:29 / 10.12.2025

“Keng ko‘lamli urushdan maqsad — faqatgina yangi hududlarni egallab olish emas”, — deb yozadi The Times. Nashrning ma’lum qilishicha, shuncha vaqtdan buyon tutqich bermayotgan tinchlik kelishuviga erishish umidida AQSh prezidenti Donald Tramp Kiyevga bosim o‘tkazmoqda. Uning rejasiga ko‘ra, Moskvaga butun Donbassni topshirish va shu yo‘l bilan Rojdestvoga qadar otashkesimga erishish ko‘zda tutilgan.

 Bu orada Kreml Ukraina o‘z qo‘shinlarini Donetsk oblastidagi mustahkamlangan shaharlar — Kramatorsk va Slovyanskdan olib chiqmaguncha janglar to‘xtamasligini ta’kidlamoqda.

 Agar Volodimir Zelenskiy Rossiyaga hududlarni topshirishni xohlasa ham, Ukraina Konstitutsiyasi bunday qarorni faqat umummilliy referendumdan keyin amalga oshirishni talab qiladi. The Times’ning yozishicha, urush sharoitida bunday referendum o‘tkazish juda qiyin, hatto imkonsiz hisoblanadi. Biroq, “Agar Kiyev bosib olingan hududlar ustidan Rossiya hokimiyatini rasman tan olmasdan, o‘z qo‘shinlarini Donbassdan olib chiqib ketsa, referendumga ehtiyoj bo‘lmasdi”, — deb yozadi nashr.

“Tirik qayt” fondining yetakchi tahlilchisi Mikola Beleskov fikriga ko‘ra, agar Donbassdan chiqish buyrug‘i berilsa, harbiylarning bir qismi unga bo‘ysunmasligi mumkin. Bu esa milliy birlik uchun kutilmagan oqibatlarga olib kelishi ehtimoldan xoli emas. “Ukrainaliklarni asossiz imtiyozlarga majburlash, ayniqsa, tuprog‘i uchun 11 yildan ortiq jang qilayotganlar uchun milliy haqorat sifatida qabul qilinishi mumkin”, — dedi u.

Rossiya armiyasi hozirda Luhansk oblastining deyarli barchasi va Donetskning 80 foizidan ortig‘ini nazorat qilmoqda. Putin esa, agar Ukraina taslim bo‘lmasa, butun Donbassni egallashini da’vo qilmoqda. Lekin Beleskov ta’kidlashicha, Kramatorsk va Slovyansk uchun bo‘ladigan janglar Moskva uchun o‘n minglab qurbonliklar evaziga yuz beradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Ukraina Donbassdan voz kechadigan bo‘lsa ham, Kreml urushni to‘xtatmasligi ehtimoli katta.

“Rossiya nuqtayi nazariga ko‘ra, bu rejalarning barchasi — chinakam tinchlik kelishuvi emas, balki, Ukrainada ichki bo‘linishlar yaratish va undan keyingi muzokaralar chog‘ida yana-da mustahkamroq pozitsiyalarga ega bo‘lish uchun hujumlarni davom ettirish yo‘lida foydalanish”, — dedi Beleskov.

Nashrning yozishicha, Moskva bir necha bor Ukrainaga qilingan bosqin faqat hududlar uchun emasligini ochiq bildirgan. Kremlning asosiy maqsadi — urushning “asosiy sabablari”ni bartaraf etish, ya’ni Kiyevdagi g‘arbparvar hukumatni yo‘qqa chiqarishdan iborat. Shuningdek, Rossiya Ukrainaga NATOga a’zo bo‘lish imkonini bermaslik va uning armiyasi hajmini cheklashni talab qilmoqda.

Shu bilan birga, hozir xorijda yashayotgan Rossiyaning sobiq bosh vaziri Mixail Kasyanovning ta’kidlashicha, Vladimir Putin G‘arb davlatlari tomonidan Donbassning to‘liq Rossiyaniki deya e’tirof etilishini o‘zining shaxsiy maqsadlaridan biri deb bilib, unga qattiq yopishib olgan.

“Bu uning sha’ni va hokimiyatiga hurmat masalasi, toki hech kim uni ojiz deb o‘ylamasligi kerak”, — degan Kasyanov.


Ukraina – Rossiya


														
														Keniyaliklarni Rossiya-Ukraina urushiga yollagan shaxs ushlandi

Keniyaliklarni Rossiya-Ukraina urushiga yollagan shaxs ushlandi

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu tuzilma orqali Keniya fuqarolari Rossiyaga ishga joylashtirish niqobi ostida, aslida U…
09:31 / 28.02.2026

														
														Ukraina urushida halok bo‘lgan 200 mingdan ortiq rossiyalik harbiyning uchdan bir qismi ko‘ngillilar hisoblanadi

Ukraina urushida halok bo‘lgan 200 mingdan ortiq rossiyalik harbiyning uchdan bir qismi ko‘ngillilar hisoblanadi

Bu haqda “BBC Rus xizmati” va “Mediazona” nashri jurnalistlari ochiq manbalar asosida o‘tkazilgan surishtiruv natijasiga ko‘…
15:49 / 24.02.2026

														
														“Energetik sulh”dan so‘ng Rossiya Ukrainaga keng ko‘lamli raketa hujumini amalga oshirdi

“Energetik sulh”dan so‘ng Rossiya Ukrainaga keng ko‘lamli raketa hujumini amalga oshirdi

Hujumda taxminan 70 ta raketa va 450 ta drondan foydalanilgani qayd etilmoqda.
17:55 / 03.02.2026

														
														Urushda Rossiya 1,2 mln, Ukraina esa 600 minggacha harbiy xizmatchisini yo‘qotgan – manba

Urushda Rossiya 1,2 mln, Ukraina esa 600 minggacha harbiy xizmatchisini yo‘qotgan – manba

AQShdagi Center for Strategic and International Studies (CSIS) tadqiqot markazi Rossiya - Ukraina urushi davomida halok bo‘l…
12:56 / 28.01.2026

														
														Rossiyaning Ukrainadagi yo‘qotishlari soni ma’lum bo‘ldi

Rossiyaning Ukrainadagi yo‘qotishlari soni ma’lum bo‘ldi

Ukrainaga qarshi olib borilayotgan keng ko‘lamli urushda Rossiya armiyasining tasdiqlangan yo‘qotishlari 160 ming kishidan o…
09:13 / 17.01.2026

														
														Ukraina-Rossiya urushi boshlanganidan buyon 19 nafar rus generali halok bo‘lgan

Ukraina-Rossiya urushi boshlanganidan buyon 19 nafar rus generali halok bo‘lgan

Rossiya 2022-yilda generallar Andrey Suxovetskiy, Oleg Mityaayev, Vladimir Frolov, Andrey Simonov, Kanamat Botashev va Roman…
17:30 / 10.01.2026

														
														Rossiya Xarkovdagi turar joy binosiga zarba berdi

Rossiya Xarkovdagi turar joy binosiga zarba berdi

Zarba ko‘p qavatli turar joy binosiga teggan va 30 kishi jarohatlangan.
08:31 / 03.01.2026

														
														Erdog‘an Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha Tramp bilan gaplashishni rejalashtirmoqda

Erdog‘an Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha Tramp bilan gaplashishni rejalashtirmoqda

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an joriy yilning 5-yanvar kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan Ukraina mojarosini t…
19:38 / 02.01.2026

														
														Rossiyaning Ukrainaga hujumlari ortidan Polsha ikki aeroportini vaqtincha yopdi

Rossiyaning Ukrainaga hujumlari ortidan Polsha ikki aeroportini vaqtincha yopdi

27-dekabrga o‘tar kechasi Rossiyaning Ukrainaga bergan zarbalari tufayli Polshaning Jeshuv va Lyublin shaharlaridagi aeropor…
09:34 / 28.12.2025

														
														Ukraina Rostov-Dondagi portga dronlar orqali zarba berdi

Ukraina Rostov-Dondagi portga dronlar orqali zarba berdi

“18-dekabrga o‘tar kechasi Ukraina dronlari Rossiyaning Rostov-Don, Bataysk va Taganrog shaharlariga hujum qildi”, – deb ma’…
14:27 / 18.12.2025

Bu ham qiziq

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik” boshlandi

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik” boshlandi

Bugun, 30-mart kuni ushbu haftalik Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘z ishini boshladi.
14:31 / 30.03.2026
Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaru…
09:41 / 02.04.2026
Isroil Tehrondagi harbiy obyektlarga zarba berilganini e’lon qildi

Isroil Tehrondagi harbiy obyektlarga zarba berilganini e’lon qildi

Shuningdek, Tramp Xarg orolini bosib olib, Eron neftini qo‘lga kiritishi mumkinligini aytmoqda.
09:26 / 30.03.2026
2-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

2-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
16:59 / 01.04.2026
31-mart uchun ob-havo ma’lumoti

31-mart uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
17:41 / 30.03.2026
“O‘zgidromet” hududlarni suv bosishidan ogohlantirdi

“O‘zgidromet” hududlarni suv bosishidan ogohlantirdi

🔷Joriy yilning 31-mart va 2-6-aprel kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hud…
14:47 / 30.03.2026
Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

“Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–48-son, 30.03.2026-yil) qabul qilindi.
17:07 / 31.03.2026
Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Qozogʻiston R…
09:23 / 01.04.2026
Rossiya Kubaga 100 ming tonna neft jo‘natdi

Rossiya Kubaga 100 ming tonna neft jo‘natdi

Oq uy Rossiya tankeri tomonidan Kubaga neft yetkazilganiga izoh berdi.
17:49 / 31.03.2026
1-apreldan Botanika bog‘ida barcha turdagi velosiped va samokatlar harakatlanishi to‘xtatiladi

1-apreldan Botanika bog‘ida barcha turdagi velosiped va samokatlar harakatlanishi to‘xtatiladi

Toshkent Botanika bog‘i ma’muriyati mazkur chora bog‘da xavfsiz va osoyishta piyoda sayr qilish muhitini ta’minlashga qarati…
12:09 / 31.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!