Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi uch kun davomida Turkiyada to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosining vafot etgani qayd etildi. 11-iyun kuni Istanbuldagi Shimoliy Marmara avtomagistralida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi A.H., uning turkiyalik turmush o‘rtog‘i va 2 oylik farzandi halok bo‘ldi.
12-iyun kuni esa Tuzla tumanida yuz bergan yana bir yo‘l-transport hodisasi natijasida 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi N.M. olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida vafot etdi.Shuningdek, uzoq vaqt onkologik kasallik bilan kurashib kelgan 58 yoshli o‘zbekistonlik ayol ham Istanbuldagi shifoxonalardan birida hayotdan ko‘z yumgan.
O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jasadlarni Vatanga yuborish hamda zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!