Toshkent viloyatining Angren shahrida yo‘l harakati qoidalarini 344 marta buzgan Spark avtomobili aniqlandi.
Ma’lum qilinishicha, transport vositasi egasiga nisbatan 175 million so‘mdan ortiq jarima hisoblangan. Belgilangan to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmagani sababli ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosiga yuborilgan.
Uzoq vaqt davomida qidiruvda bo‘lgan avtomobil MIB xodimlari tomonidan Angren shahri hududida topilgan.Qayd etilishicha, agar mavjud qarzdorlik qoplanmasa, transport vositasi xatlanib, auksion savdolariga chiqarilishi mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!