O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.Loyihaga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan 2029-yil 31-dekabrgacha OAVlar uchun foyda solig‘ining 0 foizlik stavkasi joriy etilishi taklif qilinmoqda. Shuningdek, poligrafiya uskunalari, foto, radio va televideniye jihozlari hamda qog‘oz importini bojxona bojidan ozod etish rejalashtirilgan.
Hujjatda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi huzurida OAV va jurnalistika faoliyatini qo‘llab-quvvatlash milliy jamg‘armasini tashkil etish ham nazarda tutilgan. Uni moliyalashtirish uchun davlat budjetidan har yili 40 milliard so‘m subsidiya ajratish taklif etilmoqda.
Bundan tashqari, eng dolzarb jurnalistik materiallar mualliflarini pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish, yosh jurnalistlarning kontrakt to‘lovlarini qoplash hamda ijtimoiy ahamiyatga ega media loyihalarni grantlar orqali qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!