Jizzax viloyatida aliment to‘lovlaridan 20 million so‘mdan ortiq qarzdorligi bo‘lgan fuqaro mehmonxonada yashiringan vaqtida qo‘lga olindi. Ma’lum qilinishicha, Majburiy ijro byurosining Jizzax viloyati qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qarzdor A.D. Jizzax shahridagi mehmonxonalardan birida aniqlangan.
U ikki kishilik xona buyurtma qilib, kimgadir kutib turgan vaqtda xonaga xodimlar kirib borgan.Qayd etilishicha, fuqaroning aliment bo‘yicha qarzi 20 million so‘mdan oshib ketgan bo‘lib, u avval ham farzandini ta’minlashdan bo‘yin tovlagani sababli ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Hozirda qidiruvda bo‘lgan shaxs topilib, ijro harakatlarini davom ettirish uchun tegishli bo‘limga topshirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!