Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan tekshiruv va tezkor tadbirlar davomida qum hamda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi. Birinchi holatda, Qamashi tumanida fuqarolar o‘zaro til biriktirib, “Qashqadaryo” daryosi hududidan 26 614,4 kub metr qum xomashyosini noqonuniy qazib olgani va buning oqibatida davlat hamda jamiyat manfaatlariga 665,5 million so‘mlik zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.
Ikkinchi holatda, Chiroqchi tumanida xususiy korxona mas’ullari konning belgilangan chegarasidan tashqarida 15 338,8 kub metr qum-shag‘al aralashmasini qazib olib, 400,2 million so‘mlik zarar yetkazgan.Yana bir holatda esa Mirishkor tumanida fuqaro va uning sheriklari MCHJga tegishli yer maydonidan 9 755,7 kub metr qumni o‘zboshimchalik bilan qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 253,5 million so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!