Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida Surxon daryosiga cho‘milish uchun borgan 6 nafar yigitdan 3 nafari suvga cho‘kib, halok bo‘ldi. Ma’lum qilinishicha, Namuna mahallasida yashovchi 2008-yilda tug‘ilgan yigitlar daryoga cho‘milish maqsadida borgan. Kuchli oqim sabab 3 nafari suvga oqib ketgan.
Dastlab hududdagi fuqarolar yordamga shoshilib, suvga tushgan yigitlardan 2 nafarini qutqarib qolishga muvaffaq bo‘lgan.Voqea joyiga FVV qutqaruvchilari yetib kelib, o‘tkazilgan qidiruv-qutqaruv ishlari davomida bir nafar yigitning jasadi topilgan, keyinchalik yana bir nafari ham suvdan chiqarilgan.
Hozirda yana bir nafar yigitning jasadini qidirish ishlari davom etmoqda. Hodisa yuzasidan tegishli organlar tomonidan tekshiruv olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!