Prezidentning 2022-yil 11-maydagi “2022–2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni asosida umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan kutubxonachilarining oylik maoshlari 2022-yil 1-sentabrdan quyidagi miqdorda oshirilishi belgilandi.
Jumladan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida oliy ma’lumotli kutubxona mudirining hozirgi kundagi oylik maoshi 1 376 803 so‘mni tashkil etayotgan bo‘lsa, 2022-yil 1-sentabrdan boshlab 1 652 164 so‘m, oliy ma’lumotli kutubxonachining maoshi esa 1 151 818 so‘mdan 1 382 182 so‘mga oshiriladi.
Shuningdek, o‘rta maxsus ma’lumotli kutubxona mudirining amaldagi oylik maoshi 1 261 867 so‘m bo‘lib, 2022-yil 1-sentabrdan boshlab 1 514 240 so‘mga, xuddi shunday ma’lumotga ega kutubxonachining ish haqi miqdori 1 094 227 so‘mdan 1 313 072 so‘mga ko‘tariladi.

Kutubxona xodimlarini lavozim maoshini oshirish uchun davlat byudjetidan qo‘shimcha ravishda qariyb 50 mlrd. so‘m ajratiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!