Bulung‘ur tumanida faoliyat yurituvchi “Buxgalteriya markazi” davlat muassasasi hisobchisi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaligiga nisbatan hisoblangan 150 mln so‘mlik soliq qarzdorligini o‘zining mansabdor tanishi orqali kamaytirib berishni va’da qilib, xo‘jalik rahbaridan dastlab 3 mln so‘m olgan.
So‘ngra u fermerdan qo‘shimcha tarzda 15 mln so‘m talab qilib, ushbu pul mablag‘ini Bulung‘ur tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari bilan birga olayotgan vaqtida DXX va IIV xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
2025-yilda Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlagan shaxs o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, 1986-yilda tug‘ilgan fuqaroni tuman tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 14 mln so‘m olgan. Biroq u bergan va’dasini bajarmagan.
DXX va IIV xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda hozirda sobiq hokim o‘rinbosari bo‘lgan mazkur shaxs ilgari olgan pul mablag‘i hisobidan 1000 AQSH dollarini qaytarib berayotgan vaqtda uning noqonuniy harakati fosh etildi.
Hozirda har ikki holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!