Bu haqda Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi prezidenti Alejandro Dominges o‘zining X sahifasida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Jahon chempionatining 100 yilligini nishonlash maqsadida turnirni 64 ta terma jamoa ishtirokida o‘tkazish masalasi muhokama qilinmoqda.
2030-yilgi musobaqa asosan Ispaniya, Portugaliya va Marokashda o‘tkaziladi. Urugvay, Argentina va Paragvay esa yuz yillik yubiley munosabati bilan ochilish o‘yinlariga mezbonlik qiladi.
Shuningdek, ushbu oltita davlat saralash bosqichlarida ishtirok etmasdan, turnirga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olgan hisoblanadi.
Agar turnir 64 jamoalik formatda o‘tkazilsa, Osiyo uchun ajratilgan kvota hozirgi 8 ta o‘rindan 10 tagacha oshishi kutilmoqda. Bu esa O‘zbekistonning ham keyingi mundialga chiqish imkoniyatini yanada oshiradi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!