O‘zbekistonda anomal issiq sabab soat 10:00 dan 17:00 gacha ochiq havoda xodimlar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan ishlarni vaqtincha to‘xtatish hamda moslashuvchan ish rejimini joriy etish tavsiya qilindi.
Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan barcha hokimliklarga yuborilgan ko‘rsatmada ma’lum qilingan. Mazkur choralar ochiq havoda mehnat qilayotgan obodonlashtirish xodimlarining hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida belgilangan.
Ko‘rsatmaga ko‘ra, ish beruvchilar:
Shuningdek, yuqori harorat ta’sirida sog‘lig‘i yomonlashgan xodimlarga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishi lozimligi ta’kidlangan. Davlat mehnat inspeksiyasi ko‘rsatmalar ijrosi nazorat qilinishini, talablarni buzgan shaxslar esa qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortilishini bildirgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!