$
11960.09 UZS
-71.16
152.53 UZS
-0.71
13670.38 UZS
-94.57
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda elektr iste’moli sakkizinchi kun tarixiy rekord o‘rnatdi

17:31 / 21.07.2026

Anomal issiq tufayli O‘zbekistonda elektr energiyasiga talab tarixda ilk bor 300 mln kWhdan oshdi.

O‘zbekistonda anomal issiq ob-havo sharoiti elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha yangi tarixiy rekordni qayd etdi. Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 20-iyul kuni yagona energetika tizimida sutkalik elektr iste’moli ilk bor 300 mln kWhlik chegaradan oshib, 301,9 mln kWhni tashkil qildi.

Shu kuni mamlakatda elektr energiyasi ishlab chiqarish ham rekord darajaga chiqdi. Bir sutka davomida 305,4 mln kWh elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Vazirlik bu ko‘rsatkichlar yuqori harorat sharoitida konditsionerlar va boshqa sovitish uskunalariga talab oshgani bilan izohlanishini bildirdi.

20-iyul kuni soat 17:22 da yagona energetika tizimidagi maksimal yuklama ham yangi cho‘qqiga chiqib, 14,2 GWni tashkil etdi.

Yangi rekordlar

Yangi sutkalik iste’mol ko‘rsatkichi o‘tgan yil yozgi mavsumida qayd etilgan eng yuqori natijadan 29,3 mln kWhga yoki 10,75 foizga yuqori bo‘ldi.

Shuningdek, 18-iyul kuni qayd etilgan 294,4 mln kWhlik avvalgi rekord ham ikki kun ichida yangilandi. Yangi natija undan 7,5 mln kWhga yoki 2,55 foizga ko‘p bo‘ldi.

Elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha ham avvalgi rekord ortda qoldirildi. 20-iyul kunidagi 305,4 mln kWhlik hajm 18-iyuldagi 297,1 mln kWhlik natijadan 8,3 mln kWhga yoki 2,79 foizga yuqori bo‘ldi.

Uzilishlar kuzatildi

Energetika vazirligi ma’lum qilishicha, yuqori yuklamaga qaramay, yagona energetika tizimi iste’molchilarni uzluksiz elektr bilan ta’minlash uchun barqaror ishlagan. Biroq ayrim hududlarda tarmoqlarda nosozliklar yuzaga kelgan.

Xususan, Toshkent shahrining Olmazor, Yakkasaroy, Chilonzor va Yashnobod tumanlarida minglab iste’molchilar qisqa muddat elektr ta’minotisiz qoldi. Barcha holatlarda avariya-ta’mirlash brigadalari nosozliklarni tezkor bartaraf etib, elektr ta’minotini qayta tikladi.

21-iyul tongida Sergeli va Olmazor tumanlarida ham 600 nafar iste’molchi vaqtincha elektrsiz qolgan bo‘lsa-da, ta’mirlash ishlari yakunlangach, elektr ta’minoti to‘liq tiklangan.

Eslatib o‘tamiz, 13-iyul kuni O‘zbekistonda bir sutkalik elektr energiyasi iste’moli ilk marta 278,6 mln kWhga yetib, yozgi mavsum uchun yangi rekord o‘rnatgan edi.


O‘zbekiston


														
														22-iyul kungi ob-havo ma’lumoti

22-iyul kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
20:04 / 21.07.2026

														
														O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi ishdan olindi

O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi ishdan olindi

O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi Rahmatulla Nazarov investitsiya va tashqi savdo masalalariga befarqligi uchun lavozimida…
17:35 / 21.07.2026

														
														O‘zbekistonda elektr iste’moli sakkizinchi kun tarixiy rekord o‘rnatdi

O‘zbekistonda elektr iste’moli sakkizinchi kun tarixiy rekord o‘rnatdi

Anomal issiq tufayli O‘zbekistonda elektr energiyasiga talab tarixda ilk bor 300 mln kWhdan oshdi.
17:31 / 21.07.2026

														
														2030-yilgi Jahon chempionatida 64 ta jamoa ishtirok etishi mumkin

2030-yilgi Jahon chempionatida 64 ta jamoa ishtirok etishi mumkin

Bu haqda Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi prezidenti Alejandro Dominges o‘zining X sahifasida ma’lum qildi. Uning so‘…
17:27 / 21.07.2026

														
														Yig‘ilishda iqtisodiy barqarorlik uchun eng muhim masalalardan biri – inflyatsiya muhokama qilindi.

Yig‘ilishda iqtisodiy barqarorlik uchun eng muhim masalalardan biri – inflyatsiya muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari bozorda tovar va xizmatlar taklifini ko‘paytirish orqali inflyatsiyani jilovlash vazifasi qo‘yilganini es…
16:46 / 21.07.2026

														
														Tashqi savdo yuklarining 70 foizi, ya’ni 46 million tonnasi temir yo‘l orqali tashiladi.

Tashqi savdo yuklarining 70 foizi, ya’ni 46 million tonnasi temir yo‘l orqali tashiladi.

Shu bilan birga, ushbu yo‘nalishda tadbirkorlardan e’tirozlar ko‘pligi qayd etildi.
16:31 / 21.07.2026

														
														Hozir banklar balansida 9 trillion 300 milliard so‘mlik 2 ming 411 ta mol-mulk sotilmay turibdi.

Hozir banklar balansida 9 trillion 300 milliard so‘mlik 2 ming 411 ta mol-mulk sotilmay turibdi.

Har bir obyektning bank balansida asosli turgani tahlil qilinadi. Xaridori bor, lekin sun’iy ushlab turilgan obyektlar bo‘yi…
16:09 / 21.07.2026

														
														Shavkat Mirziyoyev: 40 million aholining hayot sifatini yaxshilash uchun iqtisodiyot 9–10 foiz o‘sishi kerak

Shavkat Mirziyoyev: 40 million aholining hayot sifatini yaxshilash uchun iqtisodiyot 9–10 foiz o‘sishi kerak

Bu gaplarni Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zi raisligida hudud va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlari hamda yil yakuniga…
16:06 / 21.07.2026

														
														Jazirama sabab 10:00–17:00 oralig‘ida ochiq havodagi ayrim ishlar to‘xtatiladi

Jazirama sabab 10:00–17:00 oralig‘ida ochiq havodagi ayrim ishlar to‘xtatiladi

O‘zbekistonda anomal issiq sabab soat 10:00 dan 17:00 gacha ochiq havoda xodimlar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mum…
10:14 / 20.07.2026

														
														O‘zbekistonga erkak turistlar ko‘proq kelmoqdami yoki ayollar?

O‘zbekistonga erkak turistlar ko‘proq kelmoqdami yoki ayollar?

Yarim yilda O‘zbekistonga 6,5 milliondan ortiq turist tashrif buyurdi.
16:11 / 19.07.2026

Bu ham qiziq

Manchesterning sobiq meri Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi

Manchesterning sobiq meri Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi

Manchesterning sobiq meri Endi Byornem Buyuk Britaniyadagi hukmron Leyboristlar partiyasining yangi rahbari etib saylandi.
11:38 / 18.07.2026
2030-yilgi Jahon chempionatida 64 ta jamoa ishtirok etishi mumkin

2030-yilgi Jahon chempionatida 64 ta jamoa ishtirok etishi mumkin

Bu haqda Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi prezidenti Alejandro Dominges o‘zining X sahifasida ma’lum qildi. Uning so‘…
17:27 / 21.07.2026
Tramp JCH tugashi bilanoq Eronni bombardimon qilishni buyurdi

Tramp JCH tugashi bilanoq Eronni bombardimon qilishni buyurdi

AQSH prezidenti Donald Tramp 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati finali bo‘lib o‘tgan stadionni tark etganidan bir …
10:26 / 20.07.2026
Jizzaxda 3 qiz sun’iy hovuzda cho‘kib, vafot etdi

Jizzaxda 3 qiz sun’iy hovuzda cho‘kib, vafot etdi

Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida sun’iy hovuzga cho‘milishga tushgan 3 nafar voyaga yetmagan qiz cho‘kib ketib, vafot…
10:33 / 21.07.2026
20-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

20-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
15:49 / 19.07.2026
O‘zbekistonda elektr iste’moli sakkizinchi kun tarixiy rekord o‘rnatdi

O‘zbekistonda elektr iste’moli sakkizinchi kun tarixiy rekord o‘rnatdi

Anomal issiq tufayli O‘zbekistonda elektr energiyasiga talab tarixda ilk bor 300 mln kWhdan oshdi.
17:31 / 21.07.2026
Bugun, 21-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 21-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

21-IYULGA OB-HAVO PROGNOZI 20-iyul soat 20:00 dan 21-iyul soat 20:00 gacha
21:19 / 20.07.2026
22-iyul kungi ob-havo ma’lumoti

22-iyul kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
20:04 / 21.07.2026
IChO 2026 yakunlandi: O‘zbekistonlik o‘quvchilar 1 oltin va 3 kumush medalni qo‘lga kiritdi

IChO 2026 yakunlandi: O‘zbekistonlik o‘quvchilar 1 oltin va 3 kumush medalni qo‘lga kiritdi

58-Xalqaro kimyo olimpiadasining (IChO 2026) tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston sharafini himoya q…
11:44 / 19.07.2026
Tramp yong‘inlar tutuni uchun Kanadaga qo‘shimcha boj joriy qilmoqchi

Tramp yong‘inlar tutuni uchun Kanadaga qo‘shimcha boj joriy qilmoqchi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Kanadadagi o‘rmon yong‘inlari tutuni AQSH hududiga tarqalayotgani uchun Ottavani tanqid qildi v…
15:20 / 19.07.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!