Davlat mehnat inspeksiyasining ma’lum qilishicha, agar anomal issiq paytida mehnat sharoiti xodimning hayoti yoki sog‘lig‘i uchun real xavf tug‘dirsa, u ishlashni rad etishga haqli. Mehnat kodeksining 358-moddasiga ko‘ra, xodim ish beruvchini zudlik bilan xabardor qilgan holda, xavfli holatlar bartaraf etilgunga qadar ishni bajarishni to‘xtatishi mumkin. Bunda uning o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi.
Biroq inspeksiya ta’kidlashicha, anomal issiqning o‘zi ishni to‘xtatish uchun avtomatik asos hisoblanmaydi. Xodimning bunday huquqi faqat quyidagi holatlarda qo‘llaniladi: ish joyidagi yuqori harorat sog‘liq uchun xavf tug‘dirganda; xodim uzoq vaqt to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh ostida ishlaganda; ish beruvchi ichimlik suvi, soya yoki salqin joy, qo‘shimcha tanaffuslar va ish vaqtini moslashtirish choralarini ko‘rmaganda; issiqlik urishi, suvsizlanish yoki boshqa jiddiy xavf yuzaga kelganda. \
Ish beruvchi xodimlar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishi va mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etishi shart. Mehnat huquqlari buzilgan taqdirda fuqarolar 1176 qisqa raqamiga murojaat qilishlari mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!