$
12654.13 UZS
67.72
161.18 UZS
0.76
14817.99 UZS
59.17
35° Kechasi 21°

Abadiy yoshlikning 5 ta siri: yapon qizlaridan nimalarni oʻrganish kerak?

20:27 / 16.03.2022

Yapon ayollarining yosh koʻrinishiga hammaning havasi keladi. Bunga mamlakatdagi yuqori yashash darajasi sabab boʻlgan deyish notoʻgʻri. Ular bolalikdanoq terini parvarish qilishni oʻrganishadi, salomatlik haqida qaygʻurishadi. Yapon ayollarining qanday qilib har doim yosh koʻrinishlari sirini bilib olishni xohlaysizmi?

Tabiiy yogʻlar  

Yevropa va Amerikada faoliyat yuritadigan kosmetik kompaniyalar biri koʻp yillardan beri oil-free, yaʼni tarkibida yogʻ mavjud boʻlmagan mahsulotlarni targʻib qilib keladi, yaponiyalik qizlar esa terini parvarish qilishda yogʻdan voz kechish niyatida emaslar. Ular aynan ushbu mahsulot yordamida yuz terisini tozalashadi va uni qurib qolishdan himoya qilishadi. Har bir yaponiyalik ayol oʻz terisining turiga mos keladigan yogʻni tanlash va undan iloji boricha koʻproq foydalanishga harakat qiladi. Yaponiyalik ekspertlarning soʻzlariga qaraganda, terini har doim va hamma joyda, har hil mashgʻulotlar bilan band boʻlgan holatlarda “yogʻlab” turish kerak. Ikkita muhim eslatma: yaponiyalik ekspertlar teri parvarishida mineral vositalardan foydalanishni maslahat berishmaydi, yuz terisi yaltirab turishi uchun esa kameliya yogʻini tavsiya qilishadi. 

Tozalash muolajalari 

Yapon ayollari terini parvarish qilishda oddiy, biroq muhim jarayonga  katta eʼtibor qaratishadi. Ushbu muolaja kundalik odatga aylanib qolgan, tozalovchi vositalar esa Yaponiyadagi kosmetika doʻkonlarida boshqa vositalardan qimmatroq turadi. Yaponiyalik ekspertlar terining goʻzalligi va yoshligini saqlab qolish uchun uni kuniga ikki marta tozalashni maslahat berishadi. Yaponiyalik qizlar orasida gidrofil yogʻi juda mashhur – bu yogʻlar, suv va emulgator aralashmasi boʻlib, teriga surtilganda kremga oʻxshab ketadi, yuz terisidagi kir qavatni tozalaydi va yogʻli yaltirashning oldini oladi. 


Teriga kamroq zarar berish 

Yaponiyalik qizlarning goʻzallik sirlaridan biri – teriga “hurmat bilan munosabatda boʻlish” hisoblanadi. Yaponiyada ishlab chiqarilgan kosmetik vositalar tabiiy tarkibga ega boʻladi, bu yerda yashovchi qizlar va ayollar dekorativ kosmetikadan kam foydalanishadi. Ayollar orasida plastik jarrohlik amaliyotlariga ham shunday munosabat mavjud. Yaponiyalik ayollar tashqi koʻrinishning chiroyli boʻlib turishidan tashqari, organizmning ichki resurslari haqida ham oʻylashadi, tabiiylikka koʻproq eʼtibor berishadi. Yaponiyadagi kosmetologiya yoʻnalishida eng mashhur amaliyot – limfodrenaj uqalash muolajasi hisoblanadi. 

Matoli niqoblar 

Matoli niqoblar Yaponiyada qadimdan mashhur boʻlgan. Ayollar ipak matoni atirgul suviga botirib, yuzlariga qoʻyib, terini parvarish qilishgan. Keyinchalik teridagi teshiklarni vaqtincha yopish muolajasi yaxshiroq taʼsir qilishi, uning natijasi oddiy niqoblar va essensiyalardan  yaxshiroq boʻlishi, bunda parvarish turi terini namlantirib, qarishning oldini olishi aniqlangan.
Yaponiyalik qizlar matoli niqoblardan birinchi boʻlib foydalanishni oʻrganganlar, yevropalik qizlar esa bu usulni 2010-yildan keyin oʻzlashtirishgan. 

Biologik faol qoʻshimchalar

Yaponiyada biologik faol qoʻshimchalar juda mashhur. Ularning qalbakisini deyarli uchratmaysiz. Har bir mahsulot yillar davomida tekshiriladi va sinov jarayonlaridan oʻtadi. Yaponiyalik ayollar orasida fermentlar va probiotiklarga ega biologik faol qoʻshimchalar keng ommalashgan, ular terini yoshartiradi deb hisoblashadi. Terining chiroyli holatini saqlab qolish uchun esa yapon qizlari kollagenli va gialuronli qoʻshimchalardan foydalanishadi.

 


Lifestyle


														
														Shoshilinch hayotdan sokinlik sari: “Slow living” nima va nega hozir buning ayni payti?

Shoshilinch hayotdan sokinlik sari: “Slow living” nima va nega hozir buning ayni payti?

Sekin hayot (slow living) nima?“Slow living” — bu har bir kunni, har bir harakatni, har bir daqiqani ongli ravishda yashash …
12:18 / 26.05.2025

														
														Uy bekalari uchun motivatsion tavsiyalar

Uy bekalari uchun motivatsion tavsiyalar

Uy bekasi bo‘lish — bu oddiylikda mukammallik yaratish san’atidir. Uy bekalari — oilaning yuragi, muhitning me’mori.
15:19 / 30.04.2025

														
														“Kalmar o‘yini” seriali aktrisasi saratondan vafot etdi

“Kalmar o‘yini” seriali aktrisasi saratondan vafot etdi

“Kalmar o‘yini” serialining ikkinchi mavsumida sobiq politsiya xodimi Xvan Chjun-Xoning onasi rolini ijro etgan aktrisa Li J…
09:46 / 04.02.2025

														
														Nonushta uchun eng zararli oziq-ovqatlarning ro‘yxati bilan tanishing

Nonushta uchun eng zararli oziq-ovqatlarning ro‘yxati bilan tanishing

Balansli nonushta qilish yaxshiroq umumiy ovqatlanish bilan bog‘liq bo‘lib, tanangizni ruhiy va jismoniy qiyinchiliklarni ye…
13:32 / 25.01.2025

														
														Insayder iPhone 17 Pro dizayni va xususiyatlari haqida ma’lumot berdi

Insayder iPhone 17 Pro dizayni va xususiyatlari haqida ma’lumot berdi

Flagman nafaqat innovatsion kamera, balki odatiy standartlarni o‘zgartiruvchi noyob orqa panel dizaynini ham oladi.
11:13 / 25.01.2025

														
														Rossiyada kriptosaunalar ishlab chiqildi: ular sizni isitib qo‘yadi va kripto pul oladi

Rossiyada kriptosaunalar ishlab chiqildi: ular sizni isitib qo‘yadi va kripto pul oladi

Sankt-Peterburgdagi Luxury World Spa kompaniyasi “Kriptosauna” loyihasini taqdim etdi. Yangi mahsulot ASIC (kriptovalyuta qa…
10:35 / 25.01.2025

														
														Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni to‘xtatishning foydasi bo‘ldimi?

Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni to‘xtatishning foydasi bo‘ldimi?

Ushbu tadqiqot amalga oshirilgandan so‘ng o‘quvchilarning ko‘rsatkichlari oshgan.
15:29 / 18.01.2025

														
														2025-yilda qanday krossovkalar moda bo‘ladi?

2025-yilda qanday krossovkalar moda bo‘ladi?

Krossovkalar hech qachon modadan qolmaydigan, qulay oyoq kiyim hisoblanadi. Faqatgina har yili ularning qaysidir turi, ayniq…
13:02 / 16.01.2025

														
														Takchi – Koreyaning mashhur an’anaviy o‘yini

Takchi – Koreyaning mashhur an’anaviy o‘yini

Takchi – bu Koreya madaniyatida bolalar va kattalar orasida mashhur bo‘lgan o‘yin bo‘lib, oddiy, ammo qiziqarli! O‘yin uchun…
16:09 / 15.01.2025

														
														2024-yilda eng yuqori daromad keltirgan filmlar ro‘yxati

2024-yilda eng yuqori daromad keltirgan filmlar ro‘yxati

2024-yil kino sanoati uchun juda muvaffaqiyatli yil bo‘ldi. Ko‘plab kutilgan premyeralar va kutilmagan xitlar tomoshabinlarn…
15:40 / 15.01.2025

Bu ham qiziq

30-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

30-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

30-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol e…
16:57 / 29.06.2025
Ziplayn va kanatli park qurish rejalashtirilgan tuman va shaharlar ro‘yxati e’lon qilindi

Ziplayn va kanatli park qurish rejalashtirilgan tuman va shaharlar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarining tog‘li va cho‘l hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal…
16:46 / 29.06.2025
Tramp Netanyaxuga qarshi olib borilayotgan sud jarayonini bekor qilishga chaqirdi

Tramp Netanyaxuga qarshi olib borilayotgan sud jarayonini bekor qilishga chaqirdi

AQSh prezidenti bu haqda o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.
16:31 / 26.06.2025
O‘zbekiston Prezidenti YOII sammitida ishtirok etdi

O‘zbekiston Prezidenti YOII sammitida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-iyun kuni Minsk shahrida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining na…
17:50 / 27.06.2025
Iyul oyining ilk kunlarida qanday ob-havo kuzatiladi?

Iyul oyining ilk kunlarida qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 30-iyun–2-iyul kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
12:12 / 29.06.2025
Toshkentda qariyb 2 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangan novvoyxona va kafel sexi aniqlandi

Toshkentda qariyb 2 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangan novvoyxona va kafel sexi aniqlandi

Toshkent viloyatida 1,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar aniqlandi. Bu haqda “Hududgazta’minot”…
13:08 / 28.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JCh. “Chelsi” “Benfika”dan ustun keldi va 1/4 final yo‘llanmasiga ega chiqdi

Klublar o‘rtasidagi JCh. “Chelsi” “Benfika”dan ustun keldi va 1/4 final yo‘llanmasiga ega chiqdi

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/8 final bosqichi doirasidagi “Benfika” — “Chelsi” uchrashuvi yakuniga yetdi. Qiziqar…
09:30 / 29.06.2025
Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi pora bilan ushlandi

Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi pora bilan ushlandi

Hozirda mazkur favqulodda vaziyatlar qutqaruvchilariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168, 211-moddalari bilan jinoyat ishlari…
09:16 / 28.06.2025
Mers Rossiyani NATO davlatlariga hujum qilishning oqibatlaridan ogohlantirdi

Mers Rossiyani NATO davlatlariga hujum qilishning oqibatlaridan ogohlantirdi

“Bu mojaroning harbiy yechimi yo‘q. Biz Moskvaga iqtisodiy bosimni kuchaytirishimiz kerak”, — degan Fridrix Mers.
10:52 / 26.06.2025
Toshkent Shimoliy vokzali yaqinidagi tunnelda Gentra yonib ketdi

Toshkent Shimoliy vokzali yaqinidagi tunnelda Gentra yonib ketdi

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar bo‘lmagan.
12:39 / 26.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!