Afg‘oniston poytaxti Qobulda ayollar bozori ochildi. Bu haqda mahalliy nashrlardan biri xabar berdi.
Bozorning ochilishidan maqsad so‘nggi ikki yil ichida ishsiz qolgan 100 dan ortiq tadbirkor ayollarni ish bilan ta’minlashdan iborat. Bozor asoschisi Rajmana Xoliqiyning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaziyatda Afg‘onistonda yashovchi ayollar uchun qulayroq sharoit yaratish dolzarbligicha qolmoqda.
Oilasining yagona boquvchisi bo‘lgan bozor sotuvchisi Olya Ahmadyor ham tadbirkorlik bilan shug‘ullanganiga 18 yildan oshgani va do‘konda o‘z mahsulotlarini ishonch bilan sotishi mumkinligini aytgan.
“Bunday bozor ochilganidan xursandmiz, chunki ilgari mahsulotimizni sotadigan joy yo‘q edi”, degan u.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bozorda restoran, maysazor va ayollar tomonidan boshqariladigan 30 dan ortiq do‘kon bor. Har kuni ayollar bu yerga xarid qilish uchun kelishi mumkin. Bozor taxminan 20 gektar maydonni egallaydi. Bozor qurilishi uchun 50 million afg‘oniy sarflangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!