$
12185.11 UZS
35.56
152.58 UZS
2.14
14081.11 UZS
-6.29
31° Kechasi 18°

Aktrisa Priyanka Chopra jarrohlik amaliyoti tufayli tashqi ko‘rinishi butunlay o‘zgarib qolgani haqida gapirdi

13:30 / 08.05.2023

Hindistonlik taniqli aktrisa Priyanka Chopra bundan 20 yil avval jarrohlik amaliyotiga murojaat qilgani, buning oqibatida ruhiy tushkunlikka duchor bo‘lgani haqida gapirdi.

Ijodkorning aytishicha, amaliyotga burun sohasidagi shishlarni olib tashlash ehtiyoji sabab bo‘lgan. Aktrisani jarroh qabuliga borishga o‘zi ham shifokor sifatida faoliyat yuritgan otasi Ashok Chopra undagan. “Men dahshatga tushib qolganman, otam bo‘lsa “Men ham xonada sen bilan birga bo‘laman” degan. U "operatsiya" vaqtida qo‘limdan ushlab turgan va o‘zimga bo‘lgan ishonchni qaytarishga yordam bergan”, – dedi Priyanka.

Ma’lum bo‘lishicha, jarroh amaliyot vaqtida xatoga yo‘l qo‘ygan, natijada aktrisaning burun shakli butunlay o‘zgarib qolgan. “Yuzim boshqacha ko‘rinishga kirgan, men o‘zimga o‘xshamay qolganman. Chuqur depressiyaga tushganman”, – deydi aktrisa.

Bu vaqtda go‘zallik tanlovlarida faol ishtirok etayotgan Priyanka tashqi ko‘rinishining o‘zgarib qolgani tufayli ikkita loyihani qo‘ldan boy bergan.

Jarroh yo‘l qo‘ygan xato aktrisaning kinodagi faoliyatiga nuqta qo‘yishi ham mumkin edi. Ana shu vaqtda taniqli rejissyor Anil Sharma Priyankani qo‘llab-quvvatlagan. “Men filmdagi bosh rolni ijro etishim kerak bo‘lgan, ammo meni ikkinchi darajali rolga o‘tkazib qo‘yishgan. Film rejissyori juda yaxshi inson edi. Hamma menga qarshi bo‘lib turganda “Bu kichikroq rol, ammo unga bor mehringni ber” deb aytgan. Men ham uning aytganini qilganman”, – deydi aktrisa.

 

 

 

 



														
														HBO “Garri Potter” franshizasini yangicha talqinda suratga oladi

HBO “Garri Potter” franshizasini yangicha talqinda suratga oladi

Ilk film namoyishi 2027-yilga mo‘ljallangan
22:13 / 14.07.2025

														
														“Ustasi farang o‘g‘rilar 3” filmining premyera sanasi ma’lum bo‘ldi

“Ustasi farang o‘g‘rilar 3” filmining premyera sanasi ma’lum bo‘ldi

Jahon premyerasi kuzga rejalashtirilgan.
12:23 / 05.07.2024

														
														Aktyor Hyu Jekman umrining qolgan qismini xayriyaga bag‘ishlamoqchi

Aktyor Hyu Jekman umrining qolgan qismini xayriyaga bag‘ishlamoqchi

2023-yilda aktyor 27 yil davomida birga yashagan turmush o‘rtog‘i Deborra Li bilan ajrashganini ma’lum qilgan edi.
12:01 / 05.07.2024

														
														“Wednesday” serialining ikkinchi mavsumi Irlandiyadagi eng qimmat filmga aylanadi

“Wednesday” serialining ikkinchi mavsumi Irlandiyadagi eng qimmat filmga aylanadi

Ma’lum bo‘lishicha, serialning bosh rol ijrochisi Jenna Ortega ikkinchi mavsumga prodyuserlik ham qiladi.
16:10 / 04.07.2024

														
														“Titanik” aktyorlari 24 yil o‘tib qanday ko‘rinishga ega

“Titanik” aktyorlari 24 yil o‘tib qanday ko‘rinishga ega

Bugun biz filmning asosiy qahramonlarini eslamoqchimiz va aktyorlar qanchalik o‘zgarganini ko‘rmoqchimiz.
12:25 / 28.06.2024

														
														Kitobidan ko‘ra kinosi qiziq chiqqan asarlar

Kitobidan ko‘ra kinosi qiziq chiqqan asarlar

Shunday filmlar ro‘yxatini sizga ulashamiz.
12:16 / 28.06.2024

														
														“Tansoqchi” filmi yulduzi Bill Kobbs 90 yoshida vafot etdi

“Tansoqchi” filmi yulduzi Bill Kobbs 90 yoshida vafot etdi

Aktyor yaqinda 90 yoshni qarshilagan edi.
12:07 / 28.06.2024

														
														“Shrek 5” 2025-yilda ekran yuzini ko‘radi

“Shrek 5” 2025-yilda ekran yuzini ko‘radi

Franshizaning beshinchi qismi bo‘yicha ishlar esa bir necha oydan beri davom etmoqda.
14:47 / 27.06.2024

														
														“Boshqotirma” multfilmining seriali ishlab chiqiladi

“Boshqotirma” multfilmining seriali ishlab chiqiladi

Multserial 2025-yilning bahorida Disney+ da namoyish etiladi.
16:39 / 26.06.2024

														
														“Oskar”ni qo‘lga kiritgan kino liboslari

“Oskar”ni qo‘lga kiritgan kino liboslari

“Oskar” tarixida sahna kostyumlari uchun mukofotni qo‘lga kiritgan bir nechta dizaynerlarni keltirib o‘tamiz.
16:35 / 26.06.2024

Bu ham qiziq

Fabio Kannavaro: “Jahon chempionatigacha vaqtimiz yetarli”

Fabio Kannavaro: “Jahon chempionatigacha vaqtimiz yetarli”

“Afsuski, bugungi o‘yinda 9 nafar futbolchimiz jarohat sabab maydonga chiqa olmadi.
09:25 / 14.10.2025
Farg‘onadagi “zapravka”da Damas yonib ketdi

Farg‘onadagi “zapravka”da Damas yonib ketdi

Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
11:30 / 14.10.2025
Toshkentda yuqori sinf o‘quvchisi 3-sinf o‘quvchisini kaltakladimi?

Toshkentda yuqori sinf o‘quvchisi 3-sinf o‘quvchisini kaltakladimi?

Holat aslida qanday bo‘lgan edi?
09:20 / 15.10.2025
Fransiya sobiq prezidentining jazoni o‘tash muddati 21-oktyabrdan boshlanadi

Fransiya sobiq prezidentining jazoni o‘tash muddati 21-oktyabrdan boshlanadi

Avvalroq, sud Nikolya Sarkozini qamoq jazosiga hukm qilgan edi.
11:08 / 14.10.2025
“Har bir mahallada gavjum ko‘cha bormi – bor! Bo‘sh yer va binolar bormi – bor!”

“Har bir mahallada gavjum ko‘cha bormi – bor! Bo‘sh yer va binolar bormi – bor!”

Prezident mahallalarda tadbirkorlar uchun infratuzilma yaratish haqida gapirdi.
15:24 / 14.10.2025
AQShda ayol ChatGPT yordamida sudda g‘alaba qozondi

AQShda ayol ChatGPT yordamida sudda g‘alaba qozondi

Nyu-Yorklik tadbirkor Steysi Dennett ChatGPT yordamida 2 ming dollarlik qarzdan qutuldi.
20:17 / 15.10.2025
Tramp Kanada bosh vazirini “prezident” deb atadi

Tramp Kanada bosh vazirini “prezident” deb atadi

AQSh prezidenti Donald Tramp 12-oktyabr kuni Kanada bosh vaziri Mark Karnining lavozimini chalkashtirib, uni “prezident” deb…
12:36 / 14.10.2025
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni qo‘shma loyihalari portfeli 27 milliard dollardan oshdi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni qo‘shma loyihalari portfeli 27 milliard dollardan oshdi

15-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkaz…
15:53 / 15.10.2025
Toshkentda 1 milliard dollarlik yangi xalqaro aeroport quriladi

Toshkentda 1 milliard dollarlik yangi xalqaro aeroport quriladi

Loyiha qiymati 1 milliard dollar bo‘lib, u davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladi.
20:24 / 15.10.2025
Sobiq deputat Olimjon Sulaymonovga jinoyat ishi ochildi

Sobiq deputat Olimjon Sulaymonovga jinoyat ishi ochildi

Hozirda mavjud jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
08:32 / 15.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!