Alisher Qodirov rossiyalik deputatga munosib javob qaytardi
O‘zbekistonning “Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov rossiyalik deputat Sergey Mironovning fikriga munosabat bildirdi. U Rossiyani Mironovning o‘zi, shuningdek o‘g‘illari, kuyovlari va nabiralari himoya qilishi kerakligini aytdi.
“O‘zbeklar kabi muborak millat o‘z huquqlarini qotillik bilan emas, balki mehnat bilan topadi”, — yozgan Qodirov o‘zining Telegram kanalida.
Avvalroq Rossiyaning “Справедливая Россия — за правду” partiyasi rahbari Sergey Mironov O‘zbekiston Respublikasining Qozondagi Bosh konsulligi o‘zbekistonliklarni Rossiya federatsiyasi armiyasi saflariga qo‘shilmaslikka chaqirgandan so‘ng, O‘zbekiston bilan viza rejimini joriy etishni taklif qilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!