Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yangi hisobotiga ko‘ra, spirtli ichimliklar iste’moli yiliga 2,6 million kishining umriga zomin bo‘lmoqda. Bu dunyodagi barcha o‘lim holatlarining 4,7 foiziga teng. Bu ko‘rsatgich haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
Psixoaktiv moddalar qabul qilish esa 600 ming odamning hayotdan erta ko‘z yumishiga sabab bo‘ladi.
Tahlillarda keltirilishicha, hozir Yer yuzi aholisining qariyb 400 million nafari alkogol va giyohvand moddalar iste’mol qilishdan aziyat chekmoqda. Shuningdek, ulardan 209 million nafari spirtli ichimliklarga qaram bo‘lib qolgan. Qayd etilishicha, 2019-yilda alkogol bilan bog‘liq o‘limning taxminan 1,6 millioni yuqumli bo‘lmagan kasalliklar, jumladan, 474 mingtasi yurak-qon tomir va 401 mingtasi saraton xastaliklari tufayli sodir bo‘lgan.
Aniqlanishicha, spirtli ichimliklar bilan bog‘liq o‘lim holatlarining eng yuqori ulushi, ya’ni 13 foizi 20-39 yoshdagi aholi qatlamiga to‘g‘ri kelgan.
Bundan tashqari, jahon bo‘yicha 15-19 yoshli o‘smirlarning 23,5 foizi spirtli ichimliklar iste’mol qiluvchilardir. Ularning katta qismi Yevropa mintaqasi hamda Shimoliy va Janubiy Amerikada yashaydi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!