Allergiyani qoʻzgʻatuvchi oziq-ovqatlar haqida koʻp gapirilgan. Biroq allergiyani yengillashishiga qaysi mahsulotlardan tayyorlangan taomlar foyda boʻlishini koʻpchilik bilmaydi. Albatta, mazkur oziq-ovqatlarning samaradorligi faqatgina ayrim tadqiqotlar bilan tasdiqlangan boʻlsa-da, tibbiyot nuqtayi nazaridan ular dori-darmonlar bilan qoʻllanilsa, yanada samarali natijaga erishish mumkin. Shuningdek, allergiya alomatlarini kuchayishga olib keladigan allergenlarni va organizmda gistamin ishlab chiqarishga olib keladigan oziq-ovqatlarni taomnomadan chiqarib tashlash orqali ham allergiyani yengish mumkin. Simptomlar yaxshilanishiga odatda 4-8 hafta kerak boʻladi. Mazkur davrda shifokorlar oziq-ovqat ratsioniga eʼtiborli boʻlishni tavsiya qiladi. Ushbu maqola orqali allergiyani yengillashtiruvchi mahsulotlar bilan tanishamiz.
C vitaminiga boy oziq-ovqatlar
Olimlarning taʼkidlashicha, allergik reaksiyalarning rivojlanishida oksidlovchi stress asosiy rol oʻynashi mumkin. C vitamini esa tan olingan kuchli antioksidantdir. Bu shuni anglatadiki, u erkin radikallar miqdorini samarali ravishda kamaytiradi va shuning uchun allergiyani kamroq qoʻzgʻatadi. Allergiya bilan ogʻriganlarga askorbin kislotaga boy mahsulotlar tavsiya etiladi. Kuniga 2 gramm askorbin kislotasi qabul qilish qondagi gistamin darajasini 38 foizga kamayishiga sabab boʻlishi mumkin.
"Quercetin"ga boy mahsulotlar
Quercetin koʻplab oʻsimlik mahsulotlarida mavjud boʻlgan antioksidantdir. C vitamini singari, u oksidlovchi stress bilan kurashadi va allergiya alomatlarini yengillashtiradi.
Tadqiqotlarga koʻra, quercetin allergik astmaning nafas olish simptomlarini kamaytirishga yordam berishi mumkin. Ammo C vitamini kabi quercetinni ham insonlar uchun dorilarning samarali analogi sifatida qoʻllanilishi uchun hali ham yetarli ilmiy asoslar mavjud emas.
Omega-3 yogʻ kislotalariga boy mahsulotlar
Yalligʻlanishga qarshi kuchli taʼsiri tufayli omega-3 yogʻ kislotalari allergik astma alomatlarini kamaytiradi. Biroq baʼzi omega-3 yogʻiga boy mahsulotlar allergiyani qoʻzgʻatuvchi hisoblanadi. Shuning uchun, garchi omega-3 allergiyada yordam bersa ham, uni yongʻoq va ikradan emas, balki qoʻshimchalardan olish yaxshiroqdir.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!