$
12004.02 UZS
85.04
₽
148.80 UZS
0.76
€
13361.67 UZS
77.97
31° Kechasi 18°

Andijonda IIB xodimi va fuqarolar o‘rtasida janjal yuz berdi (video)

09:07 / 15.04.2023

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Shahrixon tumanida ichki ishlar organlari xodimlari va fuqarolar o‘rtasida ro‘y bergan ziddiyatli janjal aks etgan video tarqaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil 13-aprel kuni Shahrixon tumani IIB voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor psixolog mayor S.Kamolitdinov “Eshonqishloq” mahallasida xizmat olib borayotgan vaqtida, mazkur mahalla hududidan 2004-yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.Sh. boshqaruvidagi Labo rusumli avtomashina yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, ikki nafar 2006 va 2007-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan bolalarni transportning yukxonasida olib ketayotganligini ko‘rib, to‘xtatgan.

Avtomashina haydovchisi bolalar yukxonadan tushib qolishi bilan voqea joyidan yashiringan.

Shundan so‘ng holatni rasmiylashtirish maqsadida mayor S.Kamolitdinov va hudud profilaktika inspektori kapitan D.Qosimov “Quruqsoy” mahallasida joylashgan 25-sonli huquq tartibot maskaniga kelib, voyaga yetmagan bolalar bilan suhbatlashayotganlarida, u yerga Labo avtomashina haydovchisi Sh.Sh., uning akasi 1992-yilda tug‘ilgan B.Sh. va tanishi 1992-yilda tug‘ilgan J.B.lar kelib, avtomashinaga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llamaslikni, avtomashinani jarima maydoniga joylashtirilishi go‘yoki uning tadbirkorlik faoliyatiga ziyon yetkazishini vaj qilib xodimlarning harakatlariga keskin qarshilik ko‘rsatib, xizmat olib borayotgan xodimlarni haqorat qilib, ular bilan janjal uyushtirib, mayor S.Kamolitdinovga tan jarohatlari yetkazishgan.

Natijada, tibbiy xulosaga ko‘ra mayor S.Kamolitdinovga “Bosh yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi, chap yelka ichki yuzasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi, ko‘karishi, milk yumshoq to‘qimalarini lat yeyishi” tashxisi qo‘yilib, fuqaro B.Sh.da «Bo‘yin old qismida shilinma jarohati” mavjudligi aniqlangan.

Labo avtomashina haydovchisiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 128-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Voqea ishtirokchilari Sh.Sh., B.Sh. va J.B.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) hamda Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan hujjatlar rasmiylashtirilib prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, xodimlarning harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida Andijon viloyati IIB tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

 


Bu ham qiziq

Farğona va Toşkentda noqonuniy bosmaxonalar aniqlandi

Farğona va Toşkentda noqonuniy bosmaxonalar aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Farğona viloyati va Toşkent şahrida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida kontrafakt dini…
12:06 / 28.10.2026
Toşkentda litsenziyasiz kripto-faoliyat bilan şuğullangan talaba aniqlandi

Toşkentda litsenziyasiz kripto-faoliyat bilan şuğullangan talaba aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Toşkent şahar IIBB bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida litse…
11:09 / 28.10.2026
IMAN Holding 20 mln dollarlik kamomad haqidagi da’volarga javob berdi

IMAN Holding 20 mln dollarlik kamomad haqidagi da’volarga javob berdi

IMAN Holding “Iman Invest” kompaniyasining 70 mln dollarlik portfelida 20 mln dollar kamomad borligi haqidagi da’volarga mun…
14:18 / 28.10.2026
28-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

28-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika böylab havo özgaruvçan böladi, ayrim joylarda yoğingarçilik kuzatiladi.
17:52 / 27.10.2026
Özbekistonda bugun ayrim hududlarda yomğir yoğişi kutilmoqda

Özbekistonda bugun ayrim hududlarda yomğir yoğişi kutilmoqda

Bugun Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi, ayrim hududlarda yoğingarçilik kuzatiladi. Kunduzi havo harorati +13…+23 dar…
17:23 / 28.10.2026
Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilib, örniga aymoqlar taşkil etiladi.

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilib, örniga aymoqlar taşkil etiladi.

Qirğizistonda ma’muriy-hududiy tuzilmani özgartirişning ikkinçi bosqiçi boşlanmoqda. Rejaga köra, mamlakatdagi 7 ta viloyat …
08:28 / 28.10.2026
Megan Markl otasi bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi

Megan Markl otasi bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi

Sasseks gersoginyasi Megan Markl 2025-yilda otasi Tomas Marklga maktub yozib, uning farzandlari bilan uçraşişiga ruxsat berm…
13:34 / 27.10.2026
Özbekistonda birlamçi tibbiy yordamning yangi tizimi yana 100 ta tumanda joriy etiladi

Özbekistonda birlamçi tibbiy yordamning yangi tizimi yana 100 ta tumanda joriy etiladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev birlamçi tibbiy yordam sifatini oşirişga qaratilgan yangi tizim kelasi yildan yana 100 ta tumand…
11:55 / 27.10.2026
AQŞ harbiylari Tinç okeanida qayiqqa zarba berdi: beş kişi halok böldi

AQŞ harbiylari Tinç okeanida qayiqqa zarba berdi: beş kişi halok böldi

AQŞ harbiylari 27-oktabr kuni Tinç okeanining şarqiy qismida narkotik moddalar taşişda gumon qilingan qayiqqa zarba berdi. H…
14:53 / 28.10.2026
Toshkentda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘lindi

Toshkentda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘lindi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 28-oktabr kuni Lacetti rusumli avtomobil daraxtga urildi. YTH oqibatida avtomobil ikk…
11:16 / 28.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!