Aniqlanishicha, voqea joriy yilning 16-avgust kuni Andijon viloyati Marhamat tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachi bolalarni qisqa muddatga nazoratsiz qoldirgan vaqtida yuz bergan bo‘lib, tarbiyalanuvchi 2023-yilda tug‘ilgan R.G. (qiz bola) ni boshqa tarbiyalanuvchi bola o‘zaro tortishuvda tishlab olgan. Mazkur holatda bolalar parvarishiga yetarlicha e’tibor bermay nazorat qilmaganligi sababli bog‘cha tarbiyachisi T.Sh. lavozimidan ozod etilgan.
Hozirda 2023-yilda tug‘ilgan R.G. ning ahvoli ijobiy bo‘lib, sog‘lig‘i uchun hech bir xavf mavjud emas.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!