Apple bosh direktori Tim Kuk xotira chiplari narxi oshib borayotgani sababli kompaniya mahsulotlari, jumladan iPhone narxlarida o‘sish kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.
Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, ishlab chiqarish xarajatlari to‘liq iste’molchilar zimmasiga yuklatilsa, yangi iPhone Pro modellari narxi taxminan 270 dollargacha qimmatlashishi ehtimoli bor.Boshqa prognozlarga ko‘ra, 2026-yil kuzida taqdim etilishi kutilayotgan iPhone 18 Pro‘ning boshlang‘ich narxi 1299 dollar atrofida bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga, Apple o‘z tarixida ilk bor buklanadigan smartfonini ham taqdim etishi kutilmoqda.Mutaxassislar bu holatni global texnologiya bozorida xotira chiplariga bo‘lgan talab ortishi va ishlab chiqarish zanjiridagi narx bosimi bilan izohlashmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!