FIFA Jahon chempionati doirasidagi O‘zbekiston — Kolumbiya uchrashuvi davomida himoyachi Abduqodir Husanov ishtirokida kutilmagan epizod yuz berdi. O‘yin vaqtida to‘p uchun kurash jarayonida u maydon chetida faoliyat olib borayotgan translyatsiya operatori bilan tasodifan to‘qnashib ketgan.
Voqeadan so‘ng operatorning holati nazoratga olinib, unga zarur yordam ko‘rsatildi. Keyinchalik futbol jamoasi tomonidan operatorga futbolchi Abduqodir Husanovning imzosi tushirilgan maxsus futbolka topshirildi.Husanov o‘z navbatida operatorga tezroq sog‘ayib ketishini tilab, samimiy tabrik va yaxshi tilaklarini yo‘llagan.
Bu holat futbol maydonida yuz beradigan tasodifiy vaziyatlarda ham sportchilar va jamoa o‘rtasidagi hurmat va insoniy munosabatlar muhimligini yana bir bor ko‘rsatdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!