Birlashgan Arab Amirliklari 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini rasman taqiqladi. Shu tariqa BAA ushbu yo‘nalishda qattiq cheklov joriy etgan ilk arab davlatlaridan biriga aylandi.Yangi qoidalarga muvofiq, 15 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochish, post qoldirish, izoh yozish va guruhlarga qo‘shilish imkoniyatidan mahrum etiladi. 15–16 yoshdagilar uchun esa faqat ota-ona nazorati ostida va qo‘shimcha xavfsizlik cheklovlari bilan foydalanishga ruxsat beriladi.
Shuningdek, ijtimoiy platformalar foydalanuvchilarning yoshini sun’iy intellekt va raqamli identifikatsiya tizimlari orqali aniqlash majburiyatiga ega bo‘ladi.Mutaxassislar bu qarorni bolalarni internetdagi xavflardan himoya qilishga qaratilgan qadam sifatida baholamoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!