Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida mamlakat temir yo‘l tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan muhim kelishuv imzolandi. Unga ko‘ra, “Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” MCHJ (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibida) va Chexiyaning mashhur transport ishlab chiqaruvchisi Škoda Transportation o‘rtasida 10 ta zamonaviy elektropoyezd yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzildi.
\Mazkur loyiha mamlakatda temir yo‘l transporti sifatini yanada oshirish, shahar atrofi qatnovlarini zamonaviylashtirish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz transport xizmatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.Yangi elektropoyezdlar yuqori tezlik, energiya samaradorligi va zamonaviy qulayliklari bilan ajralib turadi.
Ular yo‘lovchilar uchun keng salonlar, qulay o‘rindiqlar, zamonaviy konditsioner tizimi va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun moslashtirilgan infratuzilma bilan jihozlanishi kutilmoqda.Kelishuvning yana bir muhim jihati — O‘zbekiston hududida texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etilishi rejalashtirilganidir. Bu nafaqat poyezdlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshiradi, balki yangi ish o‘rinlari yaratish va mahalliy mutaxassislar malakasini oshirish imkonini ham beradi.Mutaxassislar fikricha, mazkur loyiha O‘zbekiston temir yo‘l sohasini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib, kelgusida mamlakat transport tizimining raqobatbardoshligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!