$
12021.22 UZS
-54.96
169.53 UZS
0.06
13978.27 UZS
-16.82
31° Kechasi 18°

AQShda Trampga suiqasd qilishga uringan shaxs umrbod qamoqqa hukm qilindi

09:04 / 05.02.2026

AQSh Federal sudi Donald Trampga suiqasd qilishga urinish ishi bo‘yicha Rayan Rautni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Hodisa 2024-yil sentyabr oyida Uest Palm Bich shahrida (Florida shtati) sodir bo‘lgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Raut o‘sha paytda Tramp bo‘lgan golf maydoni yaqinida miltiq bilan yashiringan. Gumonlanuvchini AQSh Maxfiy xizmati xodimi payqab qolgan, shundan so‘ng u qo‘lga olingan. Hodisa oqibatida Donald Tramp jabrlanmagan.

Sud Rautni bir nechta jinoiy moddalar, jumladan, AQSh prezidentligiga nomzodni o‘ldirishga urinish, o‘qotar qurolga noqonuniy egalik qilish va federal agentga qarshilik ko‘rsatish bo‘yicha aybdor deb topdi. Unga muddatidan oldin ozod qilish huquqisiz umrbod qamoq jazosiga qo‘shimcha ravishda qurol epizodi bo‘yicha yetti yillik jazo tayinlandi.

Prokuraturaning ta’kidlashicha, sudlanuvchi hujumga puxta tayyorgarlik ko‘rgan, o‘z harakatlarini yashirish uchun bir nechta mobil telefonlar va soxta ismlardan foydalangan. Rautning o‘zi sud jarayonida qotillik sodir etish niyatida bo‘lmaganini ta’kidladi, biroq sud bu dalillarni asossiz deb topdi.

Hukmda sudlanuvchining ijtimoiy xavflilik darajasi yuqoriligi va unda pushaymonlik alomatlari yo‘qligini ta’kidlangan. Hukm e’lon qilingandan so‘ng, Raut sud zalida o‘ziga zarar yetkazmoqchi bo‘lgan, ammo federal marshall xizmati xodimlari tomonidan buning oldi olingan.

 



														
														Tinchlik kengashining G‘azo bo‘yicha 15 bandlik rejasi e’lon qilindi

Tinchlik kengashining G‘azo bo‘yicha 15 bandlik rejasi e’lon qilindi

Nikolay Mladenov Donald Trampning G‘azo bo‘yicha “Keng qamrovli tinchlik rejasi”ni amalga oshirishga qaratilgan 15 banddan i…
17:39 / 22.05.2026

														
														Lavrov matbuot anjumanida jurnalistga tanbeh berdi

Lavrov matbuot anjumanida jurnalistga tanbeh berdi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov matbuot anjumani vaqtida unga xalaqit bergan jurnalistga tanbeh berdi.
17:35 / 15.05.2026

														
														Trampdan keyin Putin ham Xitoyga bormoqchi

Trampdan keyin Putin ham Xitoyga bormoqchi

Rossiya rahbarining 20-mayga mo‘ljallangan bir kunlik tashrifi AQSh prezidentining dabdabali tashrifidan so‘ng amalga oshiri…
12:27 / 15.05.2026

														
														Si Szinpin AQSh va Xitoyni savdo nizolari bo‘yicha birgalikda ishlashga chaqirdi

Si Szinpin AQSh va Xitoyni savdo nizolari bo‘yicha birgalikda ishlashga chaqirdi

Kecha 13-may kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyga tashrif buyurdi.
09:51 / 14.05.2026

														
														Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Bundan tashqari, LPR ta’lim va fan vazirining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Shevchenkoga nisbatan sanksiyalar qo‘llanildi.
14:48 / 11.05.2026

														
														Tramp Xitoyga boradi

Tramp Xitoyga boradi

AQSh prezidenti Donald Tramp 13-15-may kunlari davlat tashrifi bilan Xitoyga boradi
09:34 / 11.05.2026

														
														AQSh aeroportida dahshatli hodisa: erkakni samolyot urib yubordi

AQSh aeroportida dahshatli hodisa: erkakni samolyot urib yubordi

AQShda samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagida odam urib yubordi.
18:02 / 10.05.2026

														
														Hormuzni kesib o‘tmoqchi bo‘lgan kema o‘qqa tutildi

Hormuzni kesib o‘tmoqchi bo‘lgan kema o‘qqa tutildi

Eron ommaviy axborot vositalari Jask oroli yaqinida AQSh dengiz floti kemasiga zarba berilgani haqida xabar berdi.
17:03 / 04.05.2026

														
														“Biz Rossiya va Xitoy bilan doimiy aloqadamiz” – Eron TIV

“Biz Rossiya va Xitoy bilan doimiy aloqadamiz” – Eron TIV

Eron Tashqi ishlar vazirligi Rossiya va Xitoy bilan turli masalalar bo‘yicha aloqalar haqida gapirdi.
16:50 / 04.05.2026

														
														AQSh Germaniyadagi qo‘shinlari sonini 5000 nafarga qisqartiradi

AQSh Germaniyadagi qo‘shinlari sonini 5000 nafarga qisqartiradi

Qo‘shma Shtatlar Eron bilan urushda yordam berishdan bosh tortgani uchun Germaniyadan ba’zi qo‘shinlarini olib chiqadi, deb …
16:48 / 02.05.2026

Bu ham qiziq

Toshkent metrosida xorijlik malakali mutaxassislar ish boshlaydi

Toshkent metrosida xorijlik malakali mutaxassislar ish boshlaydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent metropoliteni faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-t…
11:25 / 20.05.2026
Gvardiola “Siti”dan ketmoqda

Gvardiola “Siti”dan ketmoqda

Pep Gvardiola 10 yillik faoliyatidan so‘ng, rasman “Manchester Siti” bosh murabbiyligidan ketishini ma’lum qildi.
17:29 / 22.05.2026
Namanganda 93 yoshli momo ilk bor tug‘ilganlik guvohnomasiga ega bo‘ldi

Namanganda 93 yoshli momo ilk bor tug‘ilganlik guvohnomasiga ega bo‘ldi

Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi 93 yoshli Ko‘paysin momo Sotivoldiyevaga ilk bor tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma …
10:28 / 21.05.2026
Surxondaryoda mast holatda tez yordam avtomobilini boshqargan haydovchi ushlandi

Surxondaryoda mast holatda tez yordam avtomobilini boshqargan haydovchi ushlandi

Holat yuzasidan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga q…
16:52 / 20.05.2026
Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamk…
13:49 / 22.05.2026
Farg‘ona va Namanganda narkotik moddalar savdosiga chek qo‘yildi

Farg‘ona va Namanganda narkotik moddalar savdosiga chek qo‘yildi

Farg‘ona va Namangan viloyatlarida narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xiz…
09:43 / 20.05.2026
Buxoroda yana zilzila kuzatildi

Buxoroda yana zilzila kuzatildi

22-may kuni O‘zbekiston hududida 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi…
09:57 / 22.05.2026
Bo‘lajak o‘qituvchilar bilimlari test orqali baholanadi

Bo‘lajak o‘qituvchilar bilimlari test orqali baholanadi

O‘zbekistonda pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning bilimlarini tashqi diagnostika orqali baholash tizimi j…
14:46 / 21.05.2026
Tinchlik kengashining G‘azo bo‘yicha 15 bandlik rejasi e’lon qilindi

Tinchlik kengashining G‘azo bo‘yicha 15 bandlik rejasi e’lon qilindi

Nikolay Mladenov Donald Trampning G‘azo bo‘yicha “Keng qamrovli tinchlik rejasi”ni amalga oshirishga qaratilgan 15 banddan i…
17:39 / 22.05.2026
“Sindarov bilan o‘yin unchalik qoniqarli bo‘lmadi” – Alireza Firuzja

“Sindarov bilan o‘yin unchalik qoniqarli bo‘lmadi” – Alireza Firuzja

Fransiyalik grossmeyster sog‘lig‘idagi jiddiy muammolarga qaramay, Ruminiyada bo‘lib o‘tayotgan “Grand Chess Tour” turnirida…
16:38 / 20.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!