Argentinaning Buenos-Ayres shahrida poyezdlar to‘qnashib ketdi. Bu haqda “Mir24” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Retiro hududidan Pilar munitsipalitetiga ketayotgan yo‘lovchi poyezdi temir yo‘lni ta’mirlash uchun materiallar olib ketayotgan lokomotivga borib urilgan. Hodisa oqibatida kamida 100 kishi jarohatlangan, 30 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Qurbonlar yo‘q.
Buenos-Ayres ma’muriyati rahbari Xorxe Makr yaradorlarni 40 daqiqada evakuatsiya qilish mumkinligini qo‘shimcha qilgan. Ikki nafari vertolyotda shifoxonaga yetkazildi, deb xabar berdi “TN” telekanali.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!