Isroil Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, 24 yoshli politsiyachi Ran Gvilining jasadi uning oilasiga topshiriladi.
Isroil Gvilining qoldiqlari qaytarilgandan yoki uning jasadini qidirish operatsiyasi yakunlangandan so‘ng G‘azoning Misr bilan chegaradosh Rafah o‘tish punktini qayta ochishini ma’lum qilgan.
Isroil Mudofaa armiyasi ma’lumotiga ko‘ra, Gvili 2023-yil 7-oktyabr tongida jangda halok bo‘lgan, shundan so‘ng XAMAS a’zolari uning jasadini G‘azo sektoriga olib ketgan. Shu tariqa, 2023-yil 7-oktyabr kuni o‘g‘irlab ketilganlarning barchasi G‘azo sektoridan qaytarilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!