Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachi Mixail Mudrikni APLga taklif qilmoqda. ESPN nashri “kanonirlar” “Shaxtyor”ga 65 million yevro taklif qilgan va rad javobinim olgani haqida ma’lum qildi.
Ukrain klubi rahbariyati o‘z asosiy yulduzi uchun 100 million yevro talab qilmoqda. Ammo, “to‘pchilar” ushbu mablag‘ni to‘lashga tayyor emas.
Mixail Mudrik 2017-yildan buyon “Shaxtyor” klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. U Ukraina chempionatida 18 uchrashuvda ishtirok etdi va 10 ta gol urdi va 8 ta assist qayd etdi.
Futbolchining transfermarkt portalidagi bahosi 40 million yevro.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!