$
12191.25 UZS
15.72
154.20 UZS
-0.88
14111.37 UZS
-40.25
31° Kechasi 18°

Maktab direktoriga zo‘ravonlik qilgan Furqat IIB sobiq rahbari va o‘rinbosari 4 yilga qamaldi

09:09 / 29.11.2025

Jinoyat ishlari bo‘yicha Quva tumani sudida 28-noyabr kuni Furqat tumani IIB sobiq boshlig‘i Akmal Xo‘jayev va uning birinchi o‘rinbosari Jasur Rasulov ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati sudlari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Akmal Xo‘jayev (1986-yilda tug‘ilgan) va Jasur Rasulov (1991-yilda tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining quyidagi moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi:

– 141−3-moddasi 2-qismi “b” bandi (Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan shaxsning sha’nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilish);

– 142-moddasi (Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish);

– 206-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 1-qismi;

– 230−2-moddasi (Tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini soxtalashtirish (qalbakilashtirish)) 1-qismi;

– 234-moddasi (Qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish) 1-qismi.

Ularning har biriga 3 yil muddatga IIV tizimida hamda davlat ishtirokidagi korxona, muassasa va tashkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan ishlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarida o‘tattirilishi belgilandi.

Jabrlanuvchilar — Furqat tumanidagi maktab direktori Gulira’no Qosimova va soliq inspeksiyasi boshlig‘i Qurbonali Abdurahmonovga kelgusida ma’naviy zarar va boshqa zararlar yuzasidan tegishli hujjatlarni ilova qilgani holda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilish huquqlari tushuntirildi.

“Jinoyat ishlari bo‘yicha Quva tuman sudining ushbu hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Farg‘ona viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyatsiya/kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqli”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, sudning alohida xabarnomasi bilan sudlanuvchilarga oid jinoyat ishi yuzasidan boshqa shaxslarga nisbatan jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda Farg‘ona viloyati prokuraturasiga xabar qilinishi belgilandi.

 


O‘zbekiston


														
														Sirdaryoda Tojikistondan kontrabanda qilingan qariyb 63 kg narkotik to‘xtatib qolindi

Sirdaryoda Tojikistondan kontrabanda qilingan qariyb 63 kg narkotik to‘xtatib qolindi

Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
10:22 / 10.03.2026

														
														Chexiyada pasportsiz qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Chexiyada pasportsiz qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

“Chexiyaga ishlash maqsadida kelgan, biroq ayrim huquqiy muammo va moliyaviy sabablarga ko‘ra, murakkab vaziyatga tushib qol…
09:46 / 10.03.2026

														
														Surxondaryoda o‘qituvchi 180 ming dollarga narkotik sotayotgan paytda ushlandi

Surxondaryoda o‘qituvchi 180 ming dollarga narkotik sotayotgan paytda ushlandi

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chora…
09:27 / 10.03.2026

														
														O‘zbekiston hududiga “kislotali bulutlar” kelishi haqidagi xabarlar rad etildi

O‘zbekiston hududiga “kislotali bulutlar” kelishi haqidagi xabarlar rad etildi

“O‘zgidromet” ijtimoiy tarmoqlarda Eron hududida go‘yoki “kislotali bulutlar” shakllanib, ular yog‘inlar bilan Markaziy Osiy…
14:06 / 09.03.2026

														
														O‘zbekistonga ikki oyda 10 mingga yaqin elektromobil olib kirildi

O‘zbekistonga ikki oyda 10 mingga yaqin elektromobil olib kirildi

Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ikki oy davomida mamlakatga jami 9 698 dona elektromobil olib kirilgan bo‘lib, ularn…
13:41 / 09.03.2026

														
														Yaqin Sharqdan 21 700 dan ziyod o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

Yaqin Sharqdan 21 700 dan ziyod o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

“9-mart soat 07:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonga jami 21 712 nafar fuqaromiz qaytarildi”, – deya xabar bermoqda Tashqi ishla…
13:18 / 09.03.2026

														
														Tarixda ilk bor ikki o‘zbek shaxmatchisi Top-10 reytingga kirdi

Tarixda ilk bor ikki o‘zbek shaxmatchisi Top-10 reytingga kirdi

Klassik shaxmat bo‘yicha live reytingida ikki o‘zbekistonlik grossmeyster dunyoning Top-10’taligiga kirdi.
09:51 / 09.03.2026

														
														Samarqandda kadastr xodimi, Surxondaryoda esa sobiq soliqchi pora bilan ushlandi

Samarqandda kadastr xodimi, Surxondaryoda esa sobiq soliqchi pora bilan ushlandi

Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.
09:19 / 09.03.2026

														
														Samarqandda Zulfiya mukofoti sovrindori Latofat Amirovaga uy topshirildi

Samarqandda Zulfiya mukofoti sovrindori Latofat Amirovaga uy topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, …
21:09 / 08.03.2026

														
														Qatardan bugun 202 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Qatardan bugun 202 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

“Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat va qator davlatlar havo hududining yopilishi munosabati bilan Qatardan O‘zbekiston fuqarolar…
16:53 / 08.03.2026

Bu ham qiziq

Tarixda ilk bor ikki o‘zbek shaxmatchisi Top-10 reytingga kirdi

Tarixda ilk bor ikki o‘zbek shaxmatchisi Top-10 reytingga kirdi

Klassik shaxmat bo‘yicha live reytingida ikki o‘zbekistonlik grossmeyster dunyoning Top-10’taligiga kirdi.
09:51 / 09.03.2026
Putin Pezeshkiyon bilan telefon orqali muloqot qildi

Putin Pezeshkiyon bilan telefon orqali muloqot qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat davomida Mos…
16:24 / 07.03.2026
8-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

8-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol o…
14:44 / 07.03.2026
O‘zbekistonda ayollar soni 18,9 mln nafardan oshdi

O‘zbekistonda ayollar soni 18,9 mln nafardan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda ayollar soni 18 979,0 ming na…
16:37 / 07.03.2026
9-mart kuni ayrim hududlarda qor yog‘ishi mumkin

9-mart kuni ayrim hududlarda qor yog‘ishi mumkin

“O‘zgidromet” 9-mart uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, dushanba kuni havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, qator hududl…
14:11 / 08.03.2026
Tramp: Neft qimmatlashuvi — “tinchlik uchun juda kichik to‘lov”

Tramp: Neft qimmatlashuvi — “tinchlik uchun juda kichik to‘lov”

AQSh prezidenti Yaqin Sharqdagi mojaro fonida neft narxlarining keskin oshishi vaqt o‘tishi bilan to‘g‘rilanishini va bu glo…
13:01 / 09.03.2026
Samarqandda kadastr xodimi, Surxondaryoda esa sobiq soliqchi pora bilan ushlandi

Samarqandda kadastr xodimi, Surxondaryoda esa sobiq soliqchi pora bilan ushlandi

Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.
09:19 / 09.03.2026
AQSh Rossiyadan Eronga razvedka ma’lumotlarini bermaslikni so‘radi

AQSh Rossiyadan Eronga razvedka ma’lumotlarini bermaslikni so‘radi

Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff Rossiyadan Eronga AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy obyektlariga zarba berishi uch…
13:50 / 09.03.2026
UFC 326. Charlz Oliveyra Maks Holloueyni mag‘lub etib, kamar sohibiga aylandi

UFC 326. Charlz Oliveyra Maks Holloueyni mag‘lub etib, kamar sohibiga aylandi

AQShning Las-Vegas shahridagi “T-Mobile Arena”da UFC 326 turniri bo‘lib o‘tdi.
10:34 / 08.03.2026
Putin Eronning saylangan oliy rahbari Mo‘jtabo Xomanaiyni tabrikladi

Putin Eronning saylangan oliy rahbari Mo‘jtabo Xomanaiyni tabrikladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eronning saylangan oliy rahbari Mojtaba Xomanaiyni tabrikladi.
17:56 / 09.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!