Surxondaryo viloyatida kuzatilgan holatda Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bojxona va Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Sariosiyo tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, mazkur tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi, 1984-yilda tug‘ilgan fuqaro muqaddam tojikistonlik narkokuryerlar keltirib bergan 14 kg 680 gr “opiy” moddasini shartli xaridorga 180 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda narkosavdogarning jinoiy sheriklarini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!