$
12023.46 UZS
-42.76
₽
149.44 UZS
-0.3
€
13461.47 UZS
17.29
31° Kechasi 18°

Ayollarga katta sig‘imli avtobuslarni haydashga ruxsat berilishi kutilmoqda

12:12 / 19.11.2023

O‘zbekiston transport sohasida gender tenglikni ta’minlab, ayollarni katta sig‘imli avtobuslarni boshqarishga ruxsat berilishi kutilmoqda. Bu borada Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Loyihadan ko‘zlanayotgan asosiy maqsad ayollarga avtotransport sohasidagi kasblarda mehnat faoliyatlarini olib borish uchun sharoitlar yaratib berish, xususan, 14 o‘rindiqdan ortiq bo‘lgan avtobuslarni boshqarish bo‘yicha amaldagi taqiqni bekor qilish, avtobuslarni haydovchi sifatida boshqarish uchun ayollarni jalb qilishdan iborat.

Maʼlumki, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qarorining:

  • 2-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning 27-bandiga ko‘ra, “C” yoki “D” toifalariga oid avtotransport vositalarini boshqarish uchun ayollarga yuk avtomobillarini yoki avtobuslarni boshqarish Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan belgilangan muayyan cheklashlar (avtomobillarning yuk ko‘tarishi 2,5 tonnadan, avtobusda yo‘lovchilarning soni 14 kishidan oshmasligi kerak) asosida ruxsat etiladi;
  • 3-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning 5-bandiga ko‘ra, ayollarni “BC” va “D” toifalariga tayyorlashni tashkil qilishda yuk avtomobillarining yuk ko‘tarishi 2,5 tonnadan va avtobuslarning yo‘lovchilar tashish uchun ruxsat etilgan soni 14 kishidan oshmasligi kerak.

Yaʼni, mazkur normalarga muvofiq ayollar faqatgina yo‘lovchilarning soni 14 kishidan oshmaydigan avtobusni haydovchi sifatida boshqarishi mumkin. Mazkur normalar transport sohasida gender tenglikni taʼminlash va katta sig‘imli avtobuslarni (elektrobus) boshqarishda ayollarni jalb etishga imkoniyat bermaydi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda yo‘lovchi tashish uchun jalb qilinayotgan avtobuslar va elektrobuslar o‘zining zamonaviyligi va boshqarishda qulayligi bilan ajralib turadi. Gidravlikalik  boshqarish (rul) xususiyatlari esa transport vositasini boshqarishda ayollarga ortiqcha qiyinchiliklar va jismoniy zo‘riqishlar tug‘dirmaydi.

Qaror loyihasining qabul qilinishi natijasida ayollarga avtobus haydovchisi sifatida mehnat faoliyatini olib borish uchun huquqiy asos yaratiladi, aholiga jamoat transport xizmatlari sifati va xavfsik darajasi ortadi.

Jahon tajribasiga ko‘ra, AQShda jami 175 855 ta haydovchi bo‘lib, shundan 48,9 foizi ayol haydovchilarga to‘g‘ri keladi. Turkiyaning Izmir shahrida jamoat transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi “ESHOT” tashkilotida 2500 ming nafar haydovchidan 200 nafari ayol haydovchilar ekanligi aniqlangan.


Bu ham qiziq

“Xorazm suv ta’minoti” yuridik inspektori 6 mln söm olayotganda uşlandi

“Xorazm suv ta’minoti” yuridik inspektori 6 mln söm olayotganda uşlandi

“Xorazm suv ta’minoti” AJ yuridik inspektori fuqaroning savdo şoxobçasini içimlik suvi tarmoğiga ulaş uçun texnik şartlarni …
14:55 / 28.10.2026
IMAN Holding 20 mln dollarlik kamomad haqidagi da’volarga javob berdi

IMAN Holding 20 mln dollarlik kamomad haqidagi da’volarga javob berdi

IMAN Holding “Iman Invest” kompaniyasining 70 mln dollarlik portfelida 20 mln dollar kamomad borligi haqidagi da’volarga mun…
14:18 / 28.10.2026
Özbekistonda bugun ayrim hududlarda yomğir yoğişi kutilmoqda

Özbekistonda bugun ayrim hududlarda yomğir yoğişi kutilmoqda

Bugun Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi, ayrim hududlarda yoğingarçilik kuzatiladi. Kunduzi havo harorati +13…+23 dar…
17:23 / 28.10.2026
Ziroat Mirziyoyeva TDT Oila va xotin-qizlar kengaşining ilk yiğilişida iştirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva TDT Oila va xotin-qizlar kengaşining ilk yiğilişida iştirok etdi

Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Anqarada Turkiy davlatlar taşkiloti Oila va xotin-qizlar kengaşining birinçi yi…
09:32 / 31.10.2026
Megan Markl otasi bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi

Megan Markl otasi bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi

Sasseks gersoginyasi Megan Markl 2025-yilda otasi Tomas Marklga maktub yozib, uning farzandlari bilan uçraşişiga ruxsat berm…
13:34 / 27.10.2026
Toşkentda is gazidan zaharlaniş oqibatida 6 kişi halok böldi

Toşkentda is gazidan zaharlaniş oqibatida 6 kişi halok böldi

Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida 25-oktabr kuni is gazidan zaharlaniş oqibatida olti kişi vafot etdi, yana ikki kişi…
16:40 / 28.10.2026
28-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

28-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika böylab havo özgaruvçan böladi, ayrim joylarda yoğingarçilik kuzatiladi.
17:52 / 27.10.2026
V “Zakovat-Gambit” turniri ğoliblari 620 million sömlik sovrin jamğarmasi uçun kuraşmoqda

V “Zakovat-Gambit” turniri ğoliblari 620 million sömlik sovrin jamğarmasi uçun kuraşmoqda

Poytaxtimizda rekord darajadagi 5831 nafar şaxmatçini özida jamlagan V «Zakovat-Gambit» turnirining hal qiluvçi final öyinla…
09:57 / 30.10.2026
Surxondaryoda işga oliş uçun 4,5 mln söm pora olgan direktor 2 yilga qamaldi

Surxondaryoda işga oliş uçun 4,5 mln söm pora olgan direktor 2 yilga qamaldi

Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumanida matematika öqituvçisini işga qabul qiliş va unga dars soatlari ajratiş evaziga 4,5 m…
23:17 / 30.10.2026
Samarqandda öqituvçi 8-sinf öquvçisini sinfdoşlari oldida kaltaklagani aytildi

Samarqandda öqituvçi 8-sinf öquvçisini sinfdoşlari oldida kaltaklagani aytildi

Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi 18-sonli umumta’lim maktabida öqituvçi 8-sinf öquvçi qizini sinfdoşlari oldida kaltakla…
10:58 / 30.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!