$
12192.06 UZS
13.21
143.00 UZS
-3.54
13996.48 UZS
-56.7
31° Kechasi 18°

Bojxona qo‘mitasi Raisi Mavlonov Jahon bojxona tashkiloti Bosh kotibi Yan Sonders bilan uchrashdi

16:42 / 30.01.2026

Shu kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida Jahon bojxona tashkilotining Texnologik konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Nufuzli xalqaro tadbirda Bojxona qo‘mitasi Raisi A.Mavlonov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda.

Konferensiyada asosiy e’tibor bojxona organlarining texnologik rivojlanishini jadallashtirish, raqamli va innovatsion yondashuvlar bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda ularni milliy amaliyotga joriy etishga qaratilgan bo‘lib, nufuzli anjuman doirasida ko‘rgazma ham tashkil qilingan.

Konferensiya birinchi ish kunining o‘zidayoq Bojxona qo‘mitasi Raisi A.Mavlonov va Jahon bojxona tashkiloti Bosh kotibi Yan Sondersning ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar dastlab kuni kecha dunyo bo‘ylab keng nishonlangan “26-yanvar – Xalqaro bojxonachilar kuni” bilan bir-birlarini muborakbod etishdi. Xususan, Bosh kotib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bojxona sohasi xodimlariga yo‘llangan tabrikda Jahon bojxona tashkiloti bilan hamkorlikka alohida urg‘u berilganini olqishladi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Jahon bojxona tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan bojxona xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish, hamkorlikda o‘quv tadbirlarni tashkil etish, shuningdek, hamkorlikning kelgusidagi istiqbolli yo‘nalishilari yuzasidan muzokaralar olib borildi.

A.Mavlonov Jahon bojxona tashkilotining 7-Global Kinologiya forumi joriy yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi bo‘yicha qaror qabul qilinganligi uchun Bosh kotib Yan Sondersga minnatdorlik bildirib, bu qaror Bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi faoliyatiga bildirilgan xalqaro darajadagi e’tirof ekanligini ta’kidladi.

Uchrashuvda, shuningdek, Bojxona institutiga Jahon bojxona tashkilotining Mintaqaviy o‘quv markazi maqomini berish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Yakunda, Jahon bojxona tashkiloti bilan hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun tashkilot Bosh kotibi Yan Sonders Bojxona qo‘mitasining yaqinda ta’sis etilgan “Xalqaro hamkorlik uchun” ko‘krak nishoni bilan birinchi bo‘lib taqdirlandi.

Bojxona qo‘mitasi delegatsiyasining BAAga tashrifi davom etmoqda.


O‘zbekiston


														
														“Italiya – Markaziy Osiyo (C5) + Ozarbayjon” biznes- forumining yakuniy kommyunikesi qabul qilindi

“Italiya – Markaziy Osiyo (C5) + Ozarbayjon” biznes- forumining yakuniy kommyunikesi qabul qilindi

Toshkentda “Italiya – Markaziy Osiyo (C5) + Ozarbayjon” biznes-forumi bo‘lib o‘tmoqda.
17:55 / 23.03.2026

														
														Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi qo‘lga olindi

Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi qo‘lga olindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari to…
17:28 / 23.03.2026

														
														“Qamchiq” dovonida yuk avtomobili ag‘darilib ketdi

“Qamchiq” dovonida yuk avtomobili ag‘darilib ketdi

Kuni kecha, taxminan soat 11:30 lar atrofida “Qamchiq” dovonida yuk avtomobili haydovchisi boshqaruv yo‘qotishi oqibatida yu…
14:40 / 23.03.2026

														
														Qashqadaryoda hokim yordamchisi pora bilan ushlandi

Qashqadaryoda hokim yordamchisi pora bilan ushlandi

Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:42 / 23.03.2026

														
														23-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

23-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yo…
22:22 / 22.03.2026

														
														Rossiyadagi vaqtinchalik saqlash markazidan bir guruh o‘zbekistonlik vatanga qaytariladi

Rossiyadagi vaqtinchalik saqlash markazidan bir guruh o‘zbekistonlik vatanga qaytariladi

Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
15:06 / 22.03.2026

														
														22-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

22-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarning ayrim joylarda yomg‘ir, baland tog‘larda qor yog‘ishi mumkin. Kechasi 3–8 da…
17:39 / 21.03.2026

														
														O‘zbekistonda muomaladagi bank kartalari soni 70 milliondan oshdi — Markaziy bank

O‘zbekistonda muomaladagi bank kartalari soni 70 milliondan oshdi — Markaziy bank

O‘zbekistonda 2026-yil 1-mart holatiga muomaladagi bank plastik kartalari soni 70 million 951 ming 598 donani tashkil etdi.
09:44 / 21.03.2026

														
														O‘zbekiston bir oyda 99,4 mln dollarlik meva-sabzavot eksportini amalga oshirdi

O‘zbekiston bir oyda 99,4 mln dollarlik meva-sabzavot eksportini amalga oshirdi

O‘zbekiston 2026 yil yanvar oyida xorijga 99,4 mln AQSH dollari qiymatidagi meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qildi.
09:32 / 21.03.2026

														
														Imom Buxoriy majmuasi endilikda 65 ming nafar ziyoratchini qabul qiladi

Imom Buxoriy majmuasi endilikda 65 ming nafar ziyoratchini qabul qiladi

Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilgan ushbu muhtasham majmua Ramazon Hayit bayrami arafasida xalqimiz va keng jamoatc…
21:09 / 20.03.2026

Bu ham qiziq

Kreml Oq uyga razvedka almashuvini to‘xtatishni taklif qildi

Kreml Oq uyga razvedka almashuvini to‘xtatishni taklif qildi

Manbalarga ko‘ra, AQSh ushbu kelishuvni rad etgan. Shunga qaramay, bu taklif Yevropa diplomatlarini xavotirga solgan.
09:06 / 22.03.2026
FIFA Falastin shikoyati ortidan Isroilga sanksiya qo‘lladi

FIFA Falastin shikoyati ortidan Isroilga sanksiya qo‘lladi

Isroil futbol assotsiatsiyasiga (IFA) 150 ming shveysariya franki miqdorida jarimaga tortildi.
15:21 / 20.03.2026
AQSh chekinmoqda

AQSh chekinmoqda

Eronning qat’iy ogohlantirishidan so‘ng Tramp energetika infratuzilmalariga hujum qilish rejasidan voz kechdi.
17:21 / 23.03.2026
AQShning Eronga qarshi harbiy amaliyoti qiymati 25 mlrd dollardan oshdi

AQShning Eronga qarshi harbiy amaliyoti qiymati 25 mlrd dollardan oshdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarning Eronga qarshi harbiy amaliyoti qiymati allaqachon 25 mlrd dollardan oshgan. Ushbu …
08:06 / 21.03.2026
AQShda Tramp tasviri tushirilgan esdalik tangalar chiqariladi

AQShda Tramp tasviri tushirilgan esdalik tangalar chiqariladi

AQSh mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan Donald Tramp tasviri tushirilgan 24 karatli esdalik oltin tanga federal s…
15:38 / 20.03.2026
Toshkent–Shahrisabz–Toshkent yo‘nalishida “Afrosiyob” qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent–Shahrisabz–Toshkent yo‘nalishida “Afrosiyob” qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

2026-yil 27-martdan boshlab, yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari haftaning juma, shanba va yakshan…
16:33 / 19.03.2026
Abduqodir Husanov “Manchester Siti” tarkibidagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” tarkibidagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi

O‘yinda to‘liq harakat qilgan Abduqodir Husanov Angliyadagi ilk sovriniga ega chiqdi.
09:12 / 23.03.2026
22-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

22-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarning ayrim joylarda yomg‘ir, baland tog‘larda qor yog‘ishi mumkin. Kechasi 3–8 da…
17:39 / 21.03.2026
48 nafar erkak 70 yoshdan keyin ota bo‘lgan – Milliy statistika qo‘mitasi

48 nafar erkak 70 yoshdan keyin ota bo‘lgan – Milliy statistika qo‘mitasi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda 879 599 ta tug‘ilish qayd etilgan.
15:50 / 20.03.2026
O‘zbekiston MTJ FIFA kunlaridagi yig‘inida ishtirok etuvchi tarkibini e’lon qildi

O‘zbekiston MTJ FIFA kunlaridagi yig‘inida ishtirok etuvchi tarkibini e’lon qildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro tomonidan mart oyida bo‘lib o‘tadigan yig‘inga jalb etilgan …
16:09 / 21.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!